Sport

“Bunyodkor” murabbiyi isteʼfoga chiqdi

© FK "Bunyodkor"«Bunyodkor» bosh murabbiyi Sergey Lushan
«Bunyodkor» bosh murabbiyi Sergey Lushan - Sputnik Oʻzbekiston
Ushbu qarorni Sergey Lushan “Neftchi” jamoasiga boy berilgan oʻyindan keyin qabul qildi.

TOSHKENT, 23 sen – Sputnik. “Bunyodkor” bosh murabbiyi Syergey Lushan isteʼfoga chiqish haqida ariza yozdi, klub rahbariyati arizani koʻrib chiqqandan keyin uni qoniqtirishga qaror qildi, jamoa matbuot xizmati xabariga koʻra.

Klub rahbariyati xatida koʻrsatilishicha, Lushan “qoʻlidan kelgan barcha ishni qildi, jamoa tarkibiga oʻziga xos uslubga ega boʻlgan isteʼdodli oʻyinchilarni jamoaning asosiy tarkibiga kiritdi. Ular yuqori darajada oʻynay boshladi va Oʻzbekistonning bir qator terma jamoalariga taklif qilinmoqda.”

Murabbiyni “Bunyodkor” futbol maktabi direktori lavozimiga qayta tayinlanadi. Ushbu lavozimda Lusha avval ishlagan.

"Biz Sergey Ivanovich kelajakda nafaqat bizning klub uchun, balki butun oʻzbek futboli uchun, yuqori saviyali futbolchilar tayrlashda davom etishiga ishonamiz”, — deyilgan klub sahifasidagi xabarda.

Lushan 2014yil yozida futbol klubining bosh treneri etib tayinlandi. Uning ish faoliyati davomida jamoa 56 rasmiy matchlarda qatnashdi va 31 gʻalabaga erishdi. Uning rahbarligi ostida “Bundkor” ikki marta Oʻzbekiston kubogi finaliga chiqdi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala