Dunyoda

Putin: “ID” islom dini nomiga dogʻ tushirmoqda

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishPrezident V. Putin Moskva jomeʼ masjidi ochilish marosimida qatnashdi
Prezident V. Putin Moskva jomeʼ masjidi ochilish marosimida qatnashdi - Sputnik Oʻzbekiston
“ID” islom dini nomiga dogʻ tushirmoqda, ularning mafkurasi yolgʻonga asoslangan.

TOSHKENT, 23 sen – Sputnik. “ID” terrrochilar guruhi aʼzolari islom dini nomiga dogʻ tushirmoqda, ularning mafkurasi yolgʻonga asoslangan, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva jomeʼ masjidi ochilish marosimida.

Rossiya rahbari fikriga koʻra, terrorchilar diniy tuygʻulardan siyosiy maqsadlarda beadablarcha foydalanishmoqda. 

“Yaqin Sharq mamlakatlarida nima boʻlayotganini biz koʻrib turibmiz. “Islom davlati” nomini olgan terrorchilar guruhi buyuk dunyoviy dinning nomiga dogʻ tushirib, odamlarda nafrat uygʻotmoqda, qotillik qilmoqda, jahon madaniyati yodgorliklarini vahshiylarcha yoʻq qilmoqda. Ularning mafkurasi yolgʻonga asoslangan, islom dinini gʻoyalarini ochiqchasiga buzishga asoslangan”, — dedi prezident.     

Hozirgi paytda “Islom davlati” terrorchilik guruhi dunyo xavfsizligiga tahdid solayotgan asosiy sabab boʻlib qolmoqda. Oxirgi bir necha yillar davomida jangarilar Iroq va Suriya hududlarida katta maydonlarni egalab olishdi. Undan tashqari terrorchilar tashkilot taʼsirini shimoliy Afrika, xususan Liviya hududlarida ham tarqatmoqchi.  

Iyun oxirida Putin Suriya, Turkiya, Iordaniya va Saudiya Arabistoni rahbariyatiga terrorchilar guruhi bilan kurashda birlashishni taklif qildi. Rossiya, oʻz navbatida, mamlakatlararo muzokaralar olib borishga koʻmaklashadi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala