Antonov: O‘zbekiston va Rossiya do‘stlikka "mahkum" qilingan

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishRossiya MV o‘rinbosari Anatoliy Antonov
Rossiya MV o‘rinbosari Anatoliy Antonov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya MV o‘rinbosari Anatoliy Antonov, 7-8 oktabrda O‘zbekiston TIV va MVda, mamlakatlar xavfsizligi va harbiy hamkorlikni rivojlantirish borasida muzokaralar o‘tkazdi.

TOShKENT, 9 okt – Sputnik. Sergey Shoygu topshirig‘i bilan MV vakili Antonov O‘zbekiston mudofaa vaziri general-polkovnik Qobul Berdiyevni Moskvaga taklif qildi. Berdiyev Moskvaga o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda keladi, deb xabar berdi Sputnik muxbiriga O‘zbekiston MV.

Antonovning fikriga ko‘ra Rossiya va O‘zbekiston do‘stlikka “mahkum” qilingan, va ularning boshqa iloji yo‘q. Shuning uchun, strategik hamkorlik va mudofaa vazirliklari aloqalarini amaliy ishlar bilan rivojlantirish kerak, vaholanki, bugungi kunda ikki mamlakatga bir xil chaqiriq va tahdidlar xavf solmoqda.

Xususan, Antonov O‘zbekistonlik hamkasabalariga Rossiyaning ShHT davlatlari Mudofaa vazirliklarining harbiy hamkorligini o‘zaro muvofiqlashtirish, ma’lumot almashish va maslahatlar o‘tkazish tashabbusi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Rossiya vakili, yana kadrlar tayorlash, harbiy xavfsizlik va harbiy texnik sohalarda xamkorlikni faollashtirishni taklif qildi. O‘zbekiston MV vakillarini Rossiya MV tomonidan o‘tkazilayotgan har xil Xalqaro harbiy o‘yinlar, Moskvada Xalqaro xavfsizlaik anjumani kabi tadbirlarga taklif qildi.  

Shu qatorda, Antonov, O‘zbekiston rasmiylari iltimosiga binoan, Rossiya Suriyada “ID” harbiy guruhlariga qarshi olib borilayotgan hatti-harakatlarga izoh berdi.

Uchrashuv natijasida tomonlar hamkorlikni rivojlantirishda o‘zaro katta intilish borligini ta’kidlashdi. Bir qator qabul qilingan qarorlar buning dalili bo‘ldi.

 

Yangiliklar lentasi
0