Dunyo mamlakatlari Ankaraga hamdardlik bildirmoqda

© RIA Novosti Andrey SteninIstambul
Istambul - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ankarada shanba kuni bo‘lib o‘tgan terakt munosobati bilan Turkiyada uch kunlik motam e’lon qilingan. Ushbu munosobat bilan Turkiyanig dunyodagi elchixonalarida Ta’ziya kitoblari ochilgan.

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Ankarada shanba kuni bo‘lib o‘tgan terakt munosobati bilan Turkiyada uch kunlik motam e’lon qilingan. Toshkentdagi elchixonada uch kunga ochilgan Ta’ziyalar kitobiga O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi nomidan qayd kiritildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Namik Guner Erpul Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on nomiga yo‘llangan O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning dalda va hamdardlik so‘zlari uchun samimiy minnatdaorchilik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz o‘tgan shanba kuni Turkiyaning Ankara shahrida, vokzal yaqinida profsoyuzlar tomonidan uyushtirilgan, miting boshlanishidan oldin, odam juda gavjum joyda yuz berdi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, portlash oqibatida 95 kishi qurbon bo‘ldi, 246 kishi jarohatlandi, ulardan 48 kishi og‘ir ahvolda reanimatsiyada davolanmoqda.

Portlovchi uskunalar “Mehnat, tinchlik, demokratiya” shiorlari ostida o‘tkazilayotgan, Turkiya hukumati va Qurdlar orasidagi harbiy to‘qnashuvlarni bas qilishga qaratilgan miting paytida ishga tushirildi. Portlashlar xudkush terrorchilar tomonidan amalga oshirilganligi gumon qilinmoqda.

Turkiya xalqiga o‘z hamdardligini duyoning bir necha mamalakat prezidentlari bildirishdi. Shu jumladan Rossiya prezidenti Vladimir Putin, va AQSh prezidenti Barak Obama ham. Turkiyaning Moskvadagi elchixonasida Ta’ziyalar kitobi ochilgan.

Yangiliklar lentasi
0