O‘tov - ko‘chmanchi oila uchun eng yaxshi uy

Obuna bo‘lish
O‘tov - qozoq, qirg‘iz, mongol, turkman, qalmiq va boshqa ko‘chmanchi xalqlar madaniyatida keng qo‘llaniladigan ko‘chma uy. Uning ikkinchi nomi “yurta”.

O‘tov so‘zining ma’nosi “o‘tloq” so‘ziga yaqin. Buning sababi, ko‘chmanchi xalqlar asosan chorvachilik bilan shug‘ullangani uchun, asosan o‘t-o‘lan ko‘p bo‘lgan joylayrga ko‘chib yurishgan. Qayerda o‘tloq joy bo‘lsa o‘sha yerda uy qurishgan. O‘tovning boshqa xalqlarda keng tarqalgan nomi “yurta”, ya’ni yurt, xalq, vatan ma’nosini bildiradi.

O‘tov ko‘chmanchi oila uchun eng yaxshi uy. Uning tuzilishi ming yillar davomida takomillashtirilib har tomonlama eng qo‘lay ko‘rinishga keltirilgan. O‘tov bir oila kuchi bilan 1-2 soat ichida qurilishi yoki buzib taxlanishi mumkin. Uni ikki ot yoki bir tuya yordamida bir joydan ikkinchi joyga osongina ko‘chirish mumkin.

O‘tovning tomi, devorlari va ostiga har xil kigiz solinadi. Uning usti va va devorlariga yopilgan kigiz o‘tovni yomg‘ir, qor, shamol va sovuqdan yaxshi himoya qiladi. O‘tov ostiga tuya yungidan yasalgan maxsus kigiz solinadi. Aytishlariga qaraganda, bunday kigiz ilon, chayon va boshqa zararli qurt-qumusqalarni cho‘chitar ekan.

O‘tovning eng tepasidagi mo‘ri o‘tovni yoritishga hamda o‘tovda yoqilgan olov tutunini chiqarishga yordam beradi. Qadimdan o‘tovning kirish joyi janubga, yoki sharqqa qaratilgan. O‘tovning eng to‘ri — eshikka qarama-qarshi tomon hisoblanadi. U yerda mehmon yoki oilaning kattasi o‘tiradi. Eshikdan kirishdek o‘tov ikki qismga bo‘linadi: o‘ng tomonda ayollar, chap tomonda erkarlar qismi. O‘rtada qozon va o‘choq joylashgan.

Hozirgi kunda O‘zbekiston va O‘rta Osiyoning boshqa mamlakatlarida o‘tov turistlarni uzoq tog‘li yoki cho‘l hududlarida joylashtirish uchun ham ishlatiladi. Albatta bu o‘tovlarda barcha qulayliklar yaratilgan. O‘tov tuzilisha va uni qanday qurish  va yig‘ish haqida quyidagi infografikamizni tomosha qiling.

 

Yangiliklar lentasi
0