O‘zbekistonda YH qoidabuzarliklarini ko‘rib chiqish tartibi o‘zgartirildi

© Yuriy Korsunsev / Gazeta.uzO‘zbekistonda yo‘l harakati
O‘zbekistonda yo‘l harakati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’muriy qoidabuzarliklarni ko‘rib chiqish tartibiga qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra ma’muriy bayonnoma va haydovchilik guvohnomasi taloniga yozuv kiritish bekor qilindi.

TOShKENT, 13 okt – Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati qoidalarini buzish, foto va video vositalari orqali qayd qilingan hollarda, ushbu qoidabuzarliklarning ma’muriy ko‘rib chiqish tartibiga o‘zgarishlar kiritdi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, foto va video vositalari orqali qayd qilingan YH qoidalari buzilgan hollarida, agar haydovchi sudning kechiktirib bo‘lmas topshiriqlarini bajarayotganligi haqidagi hujjatlarni ko‘rsatsa, ushbu ma’muriy qoidabuzarlik bekor qilinadi, ma’muriy baynnoma tuzilmaydi va haydovchilik guvohnomasi taloniga qayd kiritilmaydi.

Kiritilgan barcha o‘zgarishlarning to‘liq matni bilan quydagi sahifada tanishib chiqishingiz mumkin.

YH qoidalarini foto va video vositalari orqari qayd qilish haqidagi qonun 2015-yilning 11-avgustida kuchga kirdi. Bundan buyon qoidabuzarliklarnini qayd qiluvchi texnik vositalar bergan ma’lumotlar hujjatga tenglashtirildi.

Ushbu tizimlar yordamida olingan xabarlar, jarima pattasi bilan birgalikda qoida buzuvchi manziliga buyurtmali xat bilan yuboriladi. Javobgar shaxs deb, avtomobil egasi jismoniy yoki yuridik shaxs tan olinadi.

 

Yangiliklar lentasi
0