Toshkentda isitish mavsumi boshlandi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishIsitish batareyasi
Isitish batareyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahrida 22-oktabrdan qishgi isitish mavsumi boshlandi.

TAShKENT, 22 okt — Sputnik. Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabar berishiga ko‘ra, joriy yilning 21-oktabr kuni “Toshkent shahrida 2015-2016 yilgi isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va issiqlik energiyasi bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi 910-sonli qarorini imzoladi.

Unga ko‘ra,  2015 yil 22-oktabrdan boshlab ijtimoiy soha obyektlarida sinov tariqasida isitishga, turar joy binolari esa 23-oktabrdan muntazam isitilishga kirishiladi.   

Mazkur qarorda “Toshkent issiqlik elektrmarkazi”, “Toshkent issiqlik markazi”, “Toshissiqquvvati”, tuman hokimliklari va Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasiga hamkorlikda issiqlik manbalari, energiya bilan ta’minlovchi, uy-joylardan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan tuman hokimliklari nazorati ostida isitish mavsumini sifatli o‘tkazish, barcha  iste’molchilarga issiqlik energiyasi va issiq suv yetkazilishini ta’minlash yuklatilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0