Obama Ukrainaga harbiy yordam berishni ko‘zda tutgan budjetini tasdiqlamadi

Obuna bo‘lish
AQSh Kongressi oldinroq 2016-yilgi mamlakat harbiy budjetini qabul qilgandi. Lekin Obama xarajatlar 90 milliard dollarga oshganligi tufayli uni tasdiqlamadi.

TOShKENT, 22 okt — Sputnik. AQSh prezidenti Barak Obama, kutilganidek, payshanba kuni 2016-yil mamlakat maudfaa budjeti loyhasiga veto (ta’qiq) qo‘ydi, RIA Novosti xabari asosida.

Oldinroq, AQSh senati Ukrainaga yordam berishni ko‘zda tutgan mamlakat harbiy budjeti loyhasini qabul qilgandi. Obama esa unga qo‘l qo‘ymasligini e’lon qildi, chunki loyha kongressdagi ikki partiya orasida keng ko‘lamli kelishuvlar o‘tkazilmasdan turib, harbiy xarajatlarning 90 milliardga oshishini nazarda tutgan.

Kongressniing ikkala palatasida ham ustunlikka ega bo‘lgan respublikachilar partiyasi prezident vetosini bekor qilish uchun yetarli ovozga ega emaslar. Shunday qilib prezident vetosidan keyin ushbu budet bo‘yicha maslahatlar yana boshlanishi kerak.

Qonun loyhasi, 612 milliard umumiy xarajatlar qatorida Ukrainaga 300 million dollar harbiy yordamni ham nazarda tutgan. Ushbu yordam doirasida Ukrainaga harbiy razvedka sohasida,  jangovor qurol-aslaha, uchuvchisiz apparatlar, tankka qarshi qurollar va minomotlar yetkizib berishda yordam ko‘rsatish rejalashtirilgan. Ushbu mablag‘ qanday sarf qilinishini Pentagon va Davlat departamenti o‘zaro kelishilgan holda ham qilishlari kerak.

Yangiliklar lentasi
0