Putin MDH davlatlari xavfsizlik xizmatlari rahbarlari bilan uchrashadi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvada MDH davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining 39-kengashi bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin chorshanba kuni MDH davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarini qabul qiladi, Kreml matbuot xizmati xabariga ko‘ra.

Moskvada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda, Putin MDH davlatlari xavfsizlik xizmati delegatsiyalari rahbarlarini qabul qiladi va  Xavfsizlik xizmatlari rahbarlarining 39-kengashida qatnashadi.

“Uchrashuv davomida MDH hududdida aksil terror faoliyatning muhim jihatlari muhokama qilinadi, hamda Suriya va Afg‘onistonda tayorgarlikdan o‘tgan terrorchi guruhlarga qarshi kurash masalalari ko‘rib chiqiladi”, — deyilgan matbuot xizmati xabarida.

Kengash davomida transport vositalarida terakt xavfi haqida ma’lumot almashish masalalari hamda 2017-2019 yillarda terrorchilik va ekstremizmning boshqa ko‘rinishlari bilan kurashda hamkorlik qilish dasturi ham muhokama qilinadi.   

 

Yangiliklar lentasi
0