AQSh davlat kotibi O‘zbekistonga birinchi bor tashrif buyuradi

Obuna bo‘lish
AQSh tashqi siyosiy muassasasi rahbari Jon Kerri 29-oktabrda Venada bo‘lib o‘tadigan Suriya muzokaralaridan keyin O‘rta Osiyoga tashrif buyuradi.

TOShKENT, 28 okt — Sputnik. AQSh davlat kotibi Jon Kerri 28 oktabrdan 3-noyabrgacha Turkmaniston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonga tashrif buyuradi, RIA Novosti xabari asosida.  

Samarqandda Jon Kerri ushbu besh mamlakat tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashadi. Uchrashuv, shu yil tashkil qilingan, S5+1 formatida o‘tkaziladi.

“Davlat kotibi har bir mamlakatning yuqori lavozimdagi vakillari bilan ikki taraflama uchrashuv o‘tkazish uchun Beshkek, Samarqand, Ostona, Dushanbe va Ashxobodga tashrif buyuradi. Bu davlat kotibining O‘rta Osiyoga birinchi tashrifi bo‘ladi”, — deyilgan matbuot xizmati xabarida.

AQSh davlat kotibi Beshkekda Amerika universiteti yangi kampusini va AQSh elchixonasining yangi binosini ochilish marosimida qatnashadi. Ashxobod va Dushanbeda “ikki taraflama regional masalalar” ko‘rib chiqiladi, deyilgan davlat departamenti xabarida.   

 

Yangiliklar lentasi
0