Hodisalar

Islom Karimov Rossiya prezidenti va xalqiga taʼziya bildirdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishOʻzbekiston prezidenti Islom Karimov
Oʻzbekiston prezidenti Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻtgan shanba kuni Rossiya tarixida eng katta aviahalokat sodir boʻldi: 224 kishi mingan “Kogalыmavia" kompaniyasi layneri Misrning Sinay yarim orolida halokatga uchradi.

TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Islom Karimov Vladimir Putinga “Kogalыmavia" kompaniyasi layneri halokatga uchrashi munosobati bilan taʼziya bildirdi, Kreml rasmiy sayti xabariga binoan.

Taʼziya bildirganlar orasida AQSH Davlat sekretari Jon Kerri, Qozogʻiston, Bosniya va Gertsogovina, JAR, Chexiya, Eritreya, Sudan, Slovakiya, Suriya, Singapur, Seyshel orollari, BAA, Mongoliya, Mali, Janubiy Koreya, Qirgʻiziston va Vʼyetnam rahbarlari, Monako qiroli, Oman sultoni, Kuba rahbari Raul Kastro, Afgʻoniston sobiq rahbari Karzay va Norvegiya bosh vazirlari bor.

“Rossiya prezidenti va Rossiya xalqi nomiga, koʻp kishining umriga zomin boʻlgan yoʻlovchi samolyoti halokati munosobati bilan, chet davlatlar rahbarlaridan taʼziyanomalar kelmoqda”, — deyilgan Kreml matbuot xizmati xabarida.   

Rossiya va sobiq Ittifoq tarixida eng katta aviahalokat shanba kuni sodir boʻldi. Sharm el-Sheyxdan Sankt-Peterburgga uchayotgan "Kogalыmavia" aviakompaniyasi laynerida 217 yoʻlovchi va 7 ekipaj aʼzosi boʻlgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala