Iqtisod

Oʻzbekiston Germaniyaga toʻqimachilik mahsulotlari va meva yetkizib beradi

Bu haqida Toshkentda boʻlib oʻtgan Germaniya – Oʻzbekiston ishbilarmonlar kengashida eʼlon qilindi. Uchrashuvda Germaniyaning 50dan ortiq korxonasi vakillari qatnashdi.

TOSHKENT, 5 noya — Sputnik. Oʻzbekiston korxonalari Germaniyaga toʻqimachilik va kimyo sanoati mahsulotlari va meva eksport qilmoqchi, deb xabar berdi “Jahon” AA.  

Germaniya biznes tuzilmalari vakillari Oʻzbekistonbilan hamkorlikning istiqboli katta ekanligini taʼkidlashdi. CLAAS kompaniyasi boshqarmasi vakili Yan Morning soʻzlariga qaraganda, Germanya delegatsiyasining tashrifi – oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish belgisidir.

Morning soʻzlariga qaraganda, Germaniya delegatsiyasi Toshkent Xalqaro Sarmoya forumi boshlanishini sabrsizlik bilan kutmoqda. Ushbu forum uzoq muddatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga yordam beradi.  

Oʻtgan yil mobaynida Germaniya bilan savdo-sotiq 16% ga oshib 685 millionni tashkil qildi.  Ushbu koʻrsatkich 2015 yilning hozirgi davriga qadar 400 millionni tashkil qildi. Oxirgi 15 yil davomida Germaniya Oʻzbekiston iqtosodiyotiga 800 million dollar sarmoya kiritdi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala