Ekspert: asosiy muammo bu terrorchilar emas, balki ularning homiylari

© YoutubeAymon az-Zavohiri
Aymon az-Zavohiri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaqin Sharq instituti prezidenti Yevgeniy Satanovskiy: “Al-Qoida”rahbarining Rossiyaga qarshi kurash uchun birlashishga qaratilgan chaqirig‘idan keyin hech narsa o‘zgarmaydi.

TOShKENT, 6 noya — Sputnik. “Al-Qoida” terrorchi tashkilot rahbari Aymon al-Zavohiri terrorchilarga qilgan murojaatida o‘zaro dushmanlikni unutib Rossiya va g‘arb mamlakatlariga  qarshi kurashda birlashishga da’vat qildi.

“Al-Qoida” va “Islom davlati” terrorchi tashkilotlarining birlashishi mumkinmi, bu Rossiyaga qanday xavf tug‘dirishi mumkin degan savollar bilan Sputnik muxbiri Yaqin Sharq instituti rahbari, sharqshunos, siyosatshunos Yevgeniy Satanovskiyga murojaat qildi.

Rossiyaning Havo-kosmik kuchlari hammani Suriyada hamma terrorchilarni bombardimon qilmoqda. Albatta, bunga javoban, hamma jangarilar Rossiyaga qarshi kurashadilar, terakt tashkil qiladilar, faqat qachon-ki bunga “pul berilgan” vaqtda.

“Rossiyada uyushtirilgan har bir terakt – bu pul. Suriyada tashkil qilingan har qanday terakt bu — ham pul. Ularning homiylari – mana shuasosiy muammo”, — deydi Satanovskiy.   

Ekspertning so‘zlariga qaraganda bu yerda asosiy muamma bu Aymion Al-Zavohiri emas, balki Qatarlik vazir Al-Atiya. “Al-Qoida” emas balki Saudiya Arabistonining umumiy razvedka boshqarmasi. Undan tashqari, Turkiyada jangarilar hatti-harakatini tashkilotchisi Erdo‘g‘anning odamlari va uning o‘zi.

Misol uchun, Turkiya agar ertadan boshlab jangarilarni orqaga qaytarishga qaror qilsa, o‘n minglab jangarilar “Islom davlati”ga borish o‘rnida o‘z mamlakatlariga qaytishga qaror qiladi va u yerda qolishi mumkin.

Ular orasida O‘rta Osiyo va Rossiyadan minglab odamlar. Agar voqea shunday bo‘lsa, fojea yuz berishi mumkin. Lekin bunday bo‘lishi bo‘lishi uchun, nafaqat “Al-Qoida” rahbarining fatvosi, balki siyosiy qaror va katta mablag‘ kerak.

Yangiliklar lentasi
0