ID safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan MGU talabasi o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘ldi

© Press-slujba Lefortovskogo suda Moskvi / Mediabankka o‘tishMGU talabasi Varvara Karaulova Moskvaning Lefortovo tuman sudida
MGU talabasi Varvara Karaulova Moskvaning Lefortovo tuman sudida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun tergov Varvara Karaulova “Islom davlati” terrorchi guruhiga qo‘shilishda rasman ayblandi. Varvara ikki advokat xizmatidan voz kechdi.

 

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. MGU talabasi, qidiruv organlari fikriga ko‘ra ID terrorchi guruhiga qo‘shilishga harakat qilgan Aleksandra Ivanova (Varvara Karaulova) o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘ldi.

“U o‘z abiga to‘liq iqror bo‘ldi”, — deb so‘rov protokolini o‘qidi sudya.

Bugun tergov Karaulovaga “Islom davlati” terrorchi guruhiga qo‘shilishga harakat qilganligi uchun rasman ayb qo‘ydi. Shu bilan birga Karaulova ikki advokat Aleksandr Karabanov va Aleksey Noskovlar xizmatidan voz kechdi. Ayblanuvchi unga Sergey Badamshin va Gadji Aliyevlarning xizmati yetarli ekanligi bilan izohladi.  

Advokat Karabanovning so‘zlariga qaraganda, uning himoyasi ostida bo‘lgan Karaulovani kimdir qo‘rqitgan.

“Ishonchim komilki, himoyam ostidagi (Karaulova) nima qilayotganini o‘zi ham bilmaydi. Uning ongiga ma’lum ta’sir ko‘rsatilgan”, — dedi advokat sud majlisida. 

Uning fikriga ko‘ra fuqarolarni vaqtincha saqlash izoliyatorida kimdir Karaulovaga tayziq o‘tkazmoqda. Lekin ayblanuvchining o‘zi buni tasdiqlamadi.

Oqibatda, sudya ikki advokatni ushbu ishga qatnashishdan ozod qildi.

“Islom davlati” terrorchilar tashkilotiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan MGU Falsafa fakulteti talabasi Aleksandra Ivanovaning (Varvara Karaulova) tarixi bizga yaxshi ma’lum. Rossiya OAVlarida ushbu voqea katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi.

Islom dini va arab tilini o‘rganishga qiziqqan, ikkinchi kurs talabasi, ota-onasidan yashirin holda chet elga chiqish uchun pasport rasmiylashtirgan va 27-mayda Stambulga uchib ketgan. 4-iyunda uni Turkiya-Suriya chegarasidagi Kilis shahrida, yana 14 Rossiya fuqarosi bilan birga qo‘lga olishgan va Moskvaga qaytarilgan edi.

Vataniga qaytgach Ivanova (Karaulova) akademik ta’tilga chiqqan va jinoiy javobgarlikka tortilgan. Rossiya Qidiruv qo‘mitasi rasmiy vakili Vladimir Markin xabariga ko‘ra, o‘sha paytda Qidiruv qo‘mitasi Ivanova (Karaulova)ning hatti-harakatida jinoiy ish qo‘zg‘atishga sabab topmagan.  

Bir necha oy davomida ushbu voqea jimib ketdi, lekin 27-oktabr kuni Ivanovlar oilasi advokati Aleksandr Karabanov Aleksandra hibsga olinganligi haqida xabar berdi. Ushbu ishning boshqa tafsilotlari haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

 

Yangiliklar lentasi
0