Hodisalar

Frantsiya hukumati Parijda favqulodda holat va mamlakat chegaralarni yopishini eʼlon qildi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishFrantsiya prezidenti Fransua Olland
Frantsiya prezidenti Fransua Olland - Sputnik Oʻzbekiston
Baʼzi ijtimoy obʼyektlar yopiladi, transport harakati taʼqiqlanadi, bir necha tumanlarda qidiruv ishlari olib boriladi, dedi Fransua Olland oʻzining xalqqa boʻlgan tele-murojaatida.

TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. Frantsiya hukumati Parijda sodir boʻlgan terakt va otishmalar munosobati bilan davlat chegaralarini yopishga qaror qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

Frantsiya prezidenti Fransua Ollandning soʻzlariga qaraganda baʼzi ijtimoiy obʼyektlar yopiladi, transport harakati toʻxtatiladi va butun poytaxt boʻylab qidiruv ishlari olib boriladi. 

“Biz, terrorchilik uyushtirish uchun hech kimni mamlakatga kirib kelmasligi va ushbu jinoyatlarni sodir qilganlar mamlakatdan chiqib keta olmasligiga amin boʻlishimiz kerak”, — dedi prezident ushbu holatni izohlab.

U aholi xavfsizligini taʼminlash uchun hukumat barcha kuchlarni oyoqqa turgʻizishini taʼkidladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala