Hodisalar

Rossiya A321 halokatini - terrorchilik hujumi deb tan oldi

© Sputnik / Viktor Tolochko / Fotobankka oʻtishAirbus A321 qurbonlari xotirasiga qoʻyilgan gullar
Airbus A321 qurbonlari xotirasiga qoʻyilgan gullar - Sputnik Oʻzbekiston
FXX maʼlumotiga koʻra A321 samoleti, qoʻlbola portlovchi uskuna yordamida portlatilgan.

TOSHKENT, 17 noya — Sputnik. A321 samolyoti qoʻlbola bomba yordamida portlatib yuborilgan, RIA Novosti xabariga asosan.

Federal Xavfsizlik xizmati rahbari Bortnikovning xabariga koʻra, A321 samolyoti qoʻlbola portlovchi uskuna yordamida portlatib yuborilgan. Portlash kuchi 1 kg  trotil ekvivalentiga teng boʻlgan.

"Ushbu qabihlikni amalga oshirgan terrorchilarni yer sharining har qanday nuqtasidan topamiz va jazolaymiz", dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin. 

"A321 samolyotida Rossiyaliklarni oʻldirish — eng qonli jinoyatlardan biri", — dedi Putin.

2015 yilning 31 oktyabrida sodir boʻlgan ushbu jinoyat Sovet ittifoqi va Rossiya aviatsiyasi tarixida eng katta talofat deb tan olindi. Sham el-Sheyxdan Sankt-Peterburgga uchayotgan "Kogalimavia" kompaniyasiga tegishli Airbus A321 samolyoti halokati natijasida 224 kishi qurbon boʻldi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala