Yaman - O‘zbekiston 1:3

Obuna bo‘lish
Qatar poytaxti Doxada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston g‘olib bo‘ldi.

 

TAShKENT, 17 noya — Sputnik. JCh-2018 saralovchi bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan 2015-yilning oxirgi o‘yinida O‘zbekiston terma jamasi Yaman jamoasi bilan Qatarning Doxa shahrida uchrashdi.

Keling o‘yindan oldingi vaziyatga bir nazar tashlaylik. guruhda O‘zbekistonning asosiy raqibi Shimoliy Koreya o‘zining so‘nggi o‘yinida g‘olib bo‘ldi va 16 ochko to‘pladi. O‘zbekiston bo‘lsa 12 ochkoga ega edi. Shimoliy Koreya zahirasida faqat bir o‘yin qoldi, O‘zbekistonda esa hali ikki o‘yin bor, bo‘ni ustiga yana raqiblari ham uncha kuchli emas.

O‘yin boshlangan zamonoq O‘Zbekiston jamoasi maydonda faollik ko‘rsata boshladi va sakkizinchi daqiqada Aziz Haydarov, menimcha o‘zi ham ishonmagan holda, to‘pni raqib darvozasiga yo‘lladi. Yengilgina tepilgan to‘p darvozabon nigohi ostida setkadan joy oldi. Hisob 0:1.

31 daqiqada Andreyev — Axmedov – Jeperovlarning mahoratkorona kombinatsiyasi natijasida yana bir ajoyib gol urildi. Hisob 0:2.

O‘zbekiston futbolchilari butun bo‘lim mobaynida maydonda ustunlik qilishdi, ular 8-martoba raqib darvozasiga hujum uyushtirishdi.  Yaman jamoasi bo‘lsa biror marta ham hujum amalga oshira olmadi.

Balkim buning sababi Yaman o‘z maydonida emas Qatar stadionida o‘ynaganidir. Eslatib o‘tamiz, Yamandagi notinch vaziyat tufayli, xavfsizlik nuqtayi nazaridan o‘yin Doxa stadionida o‘tkazilmoqda. Shuning uchun ham stadionda ikkala jamoa tarafidan ham muxlislar yo‘q.

Ikkinchi bo‘lim O‘zbekistonning raqibga bosimi yanada oshdi. Darvozabon Lobanov bo‘lsa zerikib qoldi desak ham bo‘ladi.

49 daqiqada Odil Axmedovning uzatmasidan keyin boshi bilan, Andreyev yoki O‘zbekistonlik Van Persi yana bir gol o‘rdi. Mana buni ishonchli g‘alaba desa bo‘ladi. Hisob 0:3.

Yamanliklar bor kuchini ishlatibgol urishga harakat qilishdi. Qo‘shib berilgan ikkinchi daqiqada, O‘zbekiston jamoasi o‘yin tugaganiga salkam ishongan paytda, Yaman kutilmagana gol urdi. Raqib jamoasidan Ahmad Al Sarori bu ishni amalga oshirdi.

Lekin O‘zbekiston jamoasining eng katta yo‘qotishi ushbu gol emas, balki Aziz Haydarov olgan ikki sariq kartochka bo‘ldi. Endi u keyingi o‘yinda qatnasha olmaydi.

JChda endi qishgi ta’til boshlanadi. Keyingi o‘yinni O‘zbekiston jamoasi Fillipin va Bahrayn bilan o‘z stadionida, 2016-yilning martida o‘tkazadi.

 

Yangiliklar lentasi
0