Deputatlar elektron hukumat haqida qonun qabul qildilar

© Commons.wikimedia / BehramiO‘zbekiston "Oliy Majlis" binosi
O‘zbekiston Oliy Majlis binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu qonun maqsadi – davlat elektron xizmatlari sifatini yaxshilash, ularning tezkorligini oshirish va qabo‘l qilinayotgan qarorlarning sifatini oshirish.

TOShKENT, 19 noya — Sputnik. O‘zbekiston Oliy majlisi qonunchilik palatasi “Elektron hukumat” haqida qonun qabul qildi. Ushbu qonun davlat organlari faoliyatinining samaraligini oshirishi kerak, palament matbuot xizmati xabari asosida.

Deputatlar, ushbu qonun tadbirkorlik uchun imkoniyatlarni yaxshilab, milliy iqtisodning raqobatbardorligini oshiradi, natijada aholining turmush darajasi ham oshadi.

“Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini ishlatish davlat organlari faoliyatini yanada oydinlashtiradi, fuqarolarni boshqaruv jarayoniga qatnashishini faollashtiradi va zarur qarorlar qabul qilshda ularning fikrini hisobga oladi”, — deyilgan matbuot xizmati xabarida.

Undan tashqari qonun axborot — kommunikatsiya texnologiyalarini hayotning turli sohalariga tadbiq qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ular orasida: sog‘liqni saqlash, ta’lim, aholi ijtimoiy ta’minot va bandlik xizmati, kommunal xizmatlar hamda savdo-sotiq sohalari bor.

Yangiliklar lentasi
0