Bundestag deputati: Afg‘onistondan keyin hech kim urushishni xoxlamaydi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishSuriyadagi vaziyat
Suriyadagi vaziyat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriyada “ID jangarilarni yo‘q qilish bo‘yicha xalqaro aksil terror operatsiya davom etomoqda. Lekin Yevropada ham vaziyat notinch, Parijdagi oxirgi teraktlardan keyin vaziyat yanada keskinlashgan. Germaniya parlamenti deputati Sputnik muxbiriga fikr bildirdi.

Germaniya parlamenti “Chap qanot” deputatlar fraksiyasi rahbari Volfgang Gerke Sputnik Deutschland muxbiring savollriga javob berdi.

— Parijdagi teraktlardan keyin Fransiya Yevropa malakatlaridan rasmiy yordam so‘ramoqda. Bundan keyin YeI harbiy kuchlarining IDga qarshi kurashga chaqiriladimi yo‘qmi?

Yo‘q, men muammoni diplomatik yo‘l bilan hal qilish tarafdoriman. Afg‘onistondan keyin hech kim urushishni xoxlamaydi. Shuning uchun muammoni tinch yo‘l blan yechish usulin topish kerak va barcha sa’y harakatlarni shu tomonga yo‘naltirish kerak. Yevropa buning uchun ko‘p ish qilishi mumkin. Rossiya allaqachon ko‘p ish qilmoqda, Fransiya ham. Bu teraktlar xavfini oldini olishi mumkin.

— Fransiya YeIni ID ga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirayapti, umuman olganda, Germaniya urushga qo‘shilishi mumkinmi?

Ha. Hamma narsa boshida beozor boshlanadi. Bundestagning birinchi qarorini men juda yaxshi eslayman. Ular “Biz Qobulda bo‘ladigan saylovni nazorat qilmoqchimiz” deyilgandi. Va shuning o‘zi 14-yilga cho‘zilib ketdi. Shuning uchun mening fikrim shunday: Yevropa boshqacha strategiyaga amal qilishi kerak. Rossiya bilan hmkorlik qilish kerak. Birgalikda Suriya uchun nima qilishimiz mumkinligi o‘ylab ko‘rish kerak. Ukraina bilan bema’ni mojaroni ham bas qilish kerak. Suriyada qurol ishlatishni bas qilish kerak. Bu ID rejalariga jiddiy xalal bergan bo‘lardi. Saudiya Arabistoni va Qatarga bosimni kuchaytirish kerak. Ular IDni mablag‘ bilan ta’minlamoqdalar. Albatta davlat hukumati emas, balkim ba’zi boy fuqarolar. IDni mablag‘ bilan ta’minlashni bas qilish kerak.

— Prezident Olland va prezident Gauk IDga qarshi urush haqida gapirganda, Merkel xonim faqat “kurash” so‘zini ishlatadi. Bu Germaniya hukumatining zulmga zulm bilan javob berish niyati yo‘qligini bildiradimi?

Germaniya siyosatchilari Suriyaga harbiy aralashish masalasiga juda salbiy qaraydi. Hozir gap quruqlik operatsiyasi haqida ketmoqda, havo zarbalari haqida emas. Yaqin Sharqda vaziyat judayam xavfli. U yerga askarlarni yuborish bu – ularni muqarrar o‘limga mahkum qilish bilan barobar.

Yangiliklar lentasi
0