IT-ekspert: Chet elda ishlab chiqarilgan dasturlarni ta’qiqlash - ushbu sohada sarmoyalar sonini oshirishga olib keladi

© PLIXS/negativespaceInternet sahiifasi kodi
Internet sahiifasi kodi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada 2016-yildan boshlab davlat muassasalariga chet elda ishlab chiqarilgan dasturlarni xarid qilish ta’qiqlanadi. Ushbu yangi qonun Rossiya dasturlash sohasiga qanday ta’sir ko‘rsatishini haqida Sputnik muxbiri soha mutaxassisiga bir necha savollar berdi.

TOShKENT, 20 noya — Sputnik, Mariya Sheludakova. 2016 yil 1-yanvardan boshlab davlat tashkilotlariga chet elda ishlab chiqarilgan kompyuter dasturlarini xarid qilish ta’qiqlandi. Faqat maxsus ro‘yxatga kiritilgan dasturlarni sotib olish mumkin bo‘ladi. Kerakli dasturlar Rossiyada bo‘lmagan hollarda chet eldan xarid qilish mumkin. Ushbu qaror import o‘rnini bosish dasturini amalga oshirish maqsadida qilingan, deyilgan qarorda.

Mobile Research Group bosh analitiki Eldar Murtazin Sputnik muxbiriga ushbu qonun kaysi dasturlarga taaluqli ekanligini va Rossiya dasturlar bozoriga qanday ta’sir ko‘rsatishini aytdi.

Ekspertning so‘zlariga qaraganda, bu birinchi navbatda Microsoft kompaniyasi mahsulotlariga tegishli, hozirgi paytda Rossiyada unga o‘xshash dasturlar bor, lekin hali unchalik kuchli emas. Shunga qaramasdan, ushbu qarorning natijasi ijobiy bo‘ladi. “Mening fikrimcha bu jarayon ancha tinch o‘tadi”, — dedi analitik.            

IT bozorida bu jiddiy o‘zgarishlarga olib kelmaydi, lekin nazariy tomondan, kelajakda ushbu sohaga sarmoyalar jalb qilish imkonini beradi”, dedi u. Umuman olganda Murtazin ushbu qonunni qo‘llab quvvatlaydi.

Windows 10 operatsion tizimi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada 2016-yildan boshlab bir qator komputer dasturlarini xarid qilish ta’qiqladi

Karorga binoan, sarmoyasi 50% Rossiyaga tegishli kompaniya mahsulotlari Rossiya mahsuloti deb hisoblanishi mumkin. Dastur Rossiya mahsuloti deb hisoblanishi uchun yana qanday talablarga javob berishi kerakligini Aloqa va Ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadi.

 

Yangiliklar lentasi
0