O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida savdo-sotiq hajmi 1,2 mlrd $ bo‘ldi

© Sputnik / Stanislav Savin / Mediabankka o‘tishTransport-logistika majmuasi
Transport-logistika majmuasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistn va Janubiy Koreya korxonalarining ikki taraflama hamkorlik tajribasi mashinasozlik, elektr energetikasi, elektr texnika sanoati va axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amalga oshirildi.

TOShKENT, 23 noya — Sputnik. 2015 yilning 9 oyida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi ikki taraflama savdo-sotiq hajmi 1,2 milliardni tashkil qildi, Tashqi Iqtisodiy Aloqalar va Investitsiyalar va savdo-sotiq vazirligi vakilining xabariga ko‘ra.

Uning so‘zlariga qaraganda, o‘tgan yili ushbu ko‘rsatgich 2 milliardni tashkil qilgandi. O‘zbekiston Janubiy Koreyadan asosan turli xil asbob-uskunalar, avtomobil sanoati uchun ehtiyot qismlar va boshqalar import qiladi. Koreya esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, quruq mevalar, paxta, tayor tekstil maxsulotlar va boshqalar kiradi.

“Janubiy Koreya bizning asosiy hamkorlarimizdan biridir. Bizning oramizda ikki taraflama savdo-iqtisodiy munosobatlar rivojlanib bormoqda. O‘zaro iqtisodiy munosobatlarni qo‘llab quvvatlash uchun ikki mamlakat orasida mumkin qadar ko‘proq imkoniyatlar berish rejimi kiritilgan. Buning uchun bir qator shartnoma va qonuniy asoslar yaratilgan”, — dedi suhbatdosh.

O‘zbekistonda, Koreya tadbirkorlari bilan faol hamkorlikda, iqtisodning turli sohalarida, muhim loyhalar amalga oshirilmoqda. Yaqinda qurib bitkazilgan Usturt gaz-kimyo majmuasi shular jumlasidandir.  

Undan tashqari, Koreyaning “Korean Air” korxonasi bilan hamkorlikda “Navoiy” aeroporti qurilishi ishlari olib borilmoqda. Yangi aeroportning yuk o‘tkazish imkoniyati bir nea barobar oshishi kutilmoqda.  

Hozirgi kunda, Respublikada koreyaliklar bilan hamkorlikda 439 korxona ishlamoqda, ulardan 75tasi 100% koreya mablag‘i ishtirokida qurilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0