Dunyoda

Britaniya Suriyada ID (DAISH)ga birinchi zarbasini berdi

Britaniyaning ikki Tornado samolyoti “Islom davlati” (DAISH)ga oʻzining birinchi zarbasini berdi. Bir kun olin Britaniya parlamenti mamlakatning Suriyadagi harbiy operatsiyada qatnashishiga ruxsat bergandi.

TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. Buyuk Britaniyaning Harbiy-havo kuchlari Suriyaning “Islom davlati”(DAISH) jangarilari joylashgan hududga oʻzining birinchi zarbasini berib Kiprdagi “Akrotiri” aviabazasiga qaytdi, RIA Novosti iTV telekanali xabariga asosan.

Britaniya parlamenti mamlakatning Suriyadagi harbiy operatsiyada qatnishishini koʻpchil ovoz bilan maʼquladi. Chorshanba kuni kechqurun boʻlib oʻtgan majlisda 397 deputat “ha” deb ovoz berdi, “yoʻq” deyuvchilar soni esa 223 kishini tashkil qildi.

Jangovor operatsiyada qatnashish darhol zarurligini mamlakat bosh vaziri Devid Kemeron aytdi. Uning soʻzlariga qaraganda “Islom davlati” (DAISH) Britaniya xalqining xavfsizligiga tahdid solmoqda.

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Filipp Xammondning fikriga koʻra, ID pozitsiyalariga berilagn aviatsiya zarbalari terrorchilarni toʻliq yengish imkonini bermaydi, lekin siyosiy va gumanitar choralar bilan birgalikda yaxshi natijaga olib kelishi mumkin. Uning fikriga koʻra ID pozitsiyalariga zarba berishga tayorgarlik koʻp vaqt talab qilmaydi.  

Seshanba kuni Independent gazetasi Buyuk Britaniya oʻzining Kiprdagi bazasida samolyotlar sonini ikki baravar koʻpaytirishi kerakligini taʼkidlagandi. Shundan keyin u yerga lazer nuri yordamida nishonga olishuvchi raketalar bilan qurollangan ikki Tornado va olti Typhoon qiruvchi samolyotlari yuborilgan edi. Ulardan tashqari bazada yana sakkiz samolyot joylashtirilgan boʻlib ular AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiya tizimida Iroqdagi jangovor operatsiyada qatnashib kelmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala