Jamiyat

Oʻzbekistonda amnistiya eʼlon qilindi

© fotoliaQonun va odil sudlov ramzlari
Qonun va odil sudlov ramzlari - Sputnik Oʻzbekiston
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxslar, ayollar, jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga toʻlmagan shaxslar, shuningdek chet el fuqarolari va 60 yoshdan oshgan erkaklar jazodan ozod qilinishi mumkin.

 

TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati Konstitutsiya qabul qilinganligining yigirma uch yilligi munosabati bilan “Amnistiya toʻgʻrisida Qaror” qabul qildi.

Taʼkidlanishicha, birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxslar, ayollar, jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga toʻlmagan shaxslar, shuningdek chet el fuqarolari va 60 yoshdan oshgan erkaklar jazodan ozod qilinishi mumkin.

2014 yilda 52,498 ming kishiga nisbatan amnistiya qoʻllanilgan, shundan 3,289 ming nafari ozodlikka chiqarilgan.

Uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan; jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etganlarga mazkur amnistiya akti tatbiq etilmaydi.

Amnistiya kimlarga nisbatan qoʻllanilishi haqida keyinroq maʼlumot beriladi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala