Jamiyat

Oʻzbekiston hukumati Rossiyadan qaytayotgan migrantlarni ish bilan taʼminlaydi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishOʻrta Osiyodan poyezd Moskvaga keldi
Oʻrta Osiyodan poyezd Moskvaga keldi - Sputnik Oʻzbekiston
Dasturga asosan, 2016 yilda 993 ming nafar kishi uchun ish joyi yaratiladi.

TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. Oʻzbekiston Oliy Majlisi payshanba kuni 2016 yilda 993 ming ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturini maʼqulladi.

Ushbu dasturga, xorijiy mamlakatlardan, xususan, murakkab iqtisodiy vaziyat tufayli Rossiyadan Oʻzbekistonga qaytib kelayotgan mehnat migrantlarini ish bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar ham kiritilgan.

Yaratilayotgan 993 ming nafar ish oʻrnidan 148 minggi xorijdan qaytib kelishi mumkin boʻlgan migrantlar uchun moʻljallangan. Rossiya Federal Migratsiya Xizmati maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda Rossiya hududidagi oʻzbek migrantlari soni 2,1 millionni tashkil qiladi.

Dasturga asosan tijorat banklari Oʻzbekistonga qaytib kelgan mehnat migrantlariga kichik kreditlar berishadi. Ular ushbu kreditlar hisobidan chet elda ortirgan tajribalari asosida oʻz bizneslarini yoʻlga qoʻyishlari va rivojlantirishlari mumkin boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala