Kohirada tungi klubga uyushtirilgan hujum natijasida 18 kishi qurbon bo‘ldi

© Sputnik / Aleksandr Yuryev / Mediabankka o‘tishKohira ko‘chalari
Kohira ko‘chalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Juma oqshomi Kohiraning El-Giza tumanida doylashgan tungi klubga noma’lum shaxslar bir necha “Molotov kokteyli” tashlashdi. Fojea natijasida 18 kishi qurbon bo‘ldi.

TOShKENT, 4 dek ─ Sputnik. Kohiraning El-Giza tumanida joylashgan tungi klubga noma’lum shaxslar yonilg‘i solingan butilkalar tashladi, RIA Novosti Misrning “Al-Vatan” gazetasi ma’lumoti asosida.

Voqea juma oqshom sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, klubda bo‘lgan mahalliy aholi orasida qurbonlar bor. Qurbonlarning ko‘pchilligi restoran xodimlari.

Fojea “Shahrizod” mehmonxonasi yaqinida joylashgan El-Nil ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0