Iqtisod

Dushanbeda Oʻzbekiston Savdo uyi ochilishi kutilmoqda

Oʻzbekiston qoʻshni respublikaga oziq-ovqat, toʻqimachilik mahsulotlari, elektronika va oʻgʻitlar yetkizib berishga tayor.

TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Oʻzbekistonlik tadbirkorlar Tojikiston poytaxtida Savdo uyi ochishga tayor. Bu haqida Tojikiston Savdo-iqtisodiy palatiasida boʻlib oʻtgan, ikki mamlakatning tadbirkorlar uchrashuvida muzokaralar olib borildi.

Oʻzbekiston delegatsiyasini “Oʻzmarkazimpeks”AJning Boshqarma raisi Sardor Abasxanov,  “MarkazSanoatEksport” boshqarmasi vakili  Olimjon Qayumov va “Oʻzprommashimpeks” kompaniyaining Marketing boʻlimi boshligʻi Sarvar Ergashevlash tashkil qildi.

Tomonlar ikki mamlakatning tadbirkor va tijorat vakillari hamkorligi va Dushanbeda Oʻzbek Savdo uyining ochilishi haqida muzokaralar olib borishdi.

Oʻzbekiston Tojikistonga oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik mahsulotlari, elektronika, ximiya sanoati mahsulotlari, qurilish materiallari va mineral oʻgʻitlar yetkizib berishni rejalashtirgan.

“Biz iqtisodning barcha sohalarida hamkorlik qilishga tayormiz. Ular orasida gidroenergetika, togʻ-kon ishlari, mashinasozlik, rangli metallar sanoati, qurilish, transport va kommunikatsiyalar, qishloq-xoʻjaligi sanoati, yuqori texnologiyalar, yengil va oziq-ovqat sanoati, turizm, sogʻliqni saqlash va taʼlim sohalari. Bizda oʻzaro manfaatli boʻlgan sohalar aro hamkorlikni rivojlantirish imkoniyati bor”, dedi Tojikiston Savdo-Sanoat palatasi vakili Sharif Said.  

Uning soʻzlairga qaraganda, oʻzaro tadbirkorlik aloqalarini rivojlantirishda, ikki mamlakat biznesi vakillarining savdo yarmarkalarida qatnashishi, iqtisodiy va tijorat maʼlumotlar bilan almashishni  yoʻlga qoʻyish kerak. Sharif Said Dushanbeda Oʻzbekiston mahsulotlarining universal koʻrgazmasi ochishni va ikki mamlakat orasida biznes-forum oʻtkazishni taklif qildi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala