Angela Merkel “Yil odami” deb e’lon qilindi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishGermaniya kansleri Angela Merkel
Germaniya kansleri Angela Merkel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nihoyat, “Yil odami” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib aniqlandi - Time jurnali ushbu nomga GFR kansleri Angela Merkelni loyiq deb topdi.

TOShKENT, 9 dek — Sputnik. GFR kansleri Angela Merkel Time jurnali tomonidan “Yil odami” deb e’lon qilindi. G‘olibni aniqlashda shaxsning dunyo voqealariga o‘tkazgan ta’siri hisobga olinadi.

Angela Merkeldan tashqari “Yil odami” unvoniga Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Eron davlati rahbari Xasan Roxani, Rossiyada faoliyati ta’qiqlangan DAISh terrorchilik guruhi yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodi, AQSh prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ygan milliarder Donald Tramp da’vogarlik qilgan edilar.

GFR kansleri Angela Merkel, garchi migrantlar inqirozi tufayli qattiq tanqidga olingan bo‘lsa-da, yil davomida dunyoda yuz bergan siyosiy va iqtisodiy voqealar markazida bo‘lgani tufayli da’vogarlar ro‘yxatidan o‘rin egalladi.

Eslatib o‘tamiz, "Yil odami" nominatsiyasi g‘oliblari 1927-yildan buyon Time jurnali muharriri tomonidan e’lon qilib kelinadi. 1950-yilga qadar “Yil odami” nominatsiyasi bo‘yicha mukofot aniq shaxslarga berilar edi, keyinchalik mavhum personajlar ham g‘olib sifatida e’lon qilina boshladi. 2014-yilda "Yil odami” unvoni Ebola virusini yuqtirgan bemorlarni parvarishlagan odamlarga taqdim etildi. Unvon ilk marotaba Atlantika ustidan yakka o‘zi uchib o‘tgan amerikalik uchuvchi Charlz Lindbergga berilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0