Patriarx Kirill: DAISh Islomdan uzoq

© Sputnik / Oleg Mineyev / Mediabankka o‘tishMoskva va butun Rossiya patriarxi Kirill
Moskva va butun Rossiya patriarxi Kirill - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Islom dinida boshqa dinga mansub odamlarni o‘ldiring deyilmagan, ayniqsa nasroniylarni, dedi Moskva va butun Rossiya patriarxi Kirill.

TOShKENT, 13 dek – Sputnik, Aleksey Mixeyev. Haqiqiy Islom davlati, terrorchilik, zo‘ravonlik va boshqa dinga mansub odamlarni hayotidan mahrum qilish orqali yaratilmaydi, dedi Moskva va butun Rossiya patriarxi Kirill, Yoshlar ijtimoiy palatasi va Yosh qonunchilar palatasi a’zolarining savollariga javob berarkan.

“Islom dinida boshqa dinga mansub kishilarni yo‘q qilish degan mavzuning o‘zi yo‘q, ayniqsa nasroniylarni (xristianlarni). Islom dinida nasroniylar — Kitob odamlari, ya’ni Injilni asosiy diniy matn sifatida qabul qilganlar deyilgan. Kitob odamlariga yana yahudiylar ham kiradi. DAISh bo‘lsa – bu butunlay boshqa, dindan uzoq tushuncha”, — dedi Rus pravoslav cherkovi patriarxi Kirill.

Uning so‘zlariga qaraganda, insoniyat tarixida din — asrlar davomida yagona mafkura bo‘lib kelgan. Bunga sabab, odatda diniy g‘oyalar kishini hayratga solib yuragidan chuqur o‘rin egallaydi. DAISh (shundan foydalanib) odamlarga qurolli kurash ularga jannat eshigini ochishiga ishontirmoqda. Ba’zi bir yetarli diniy ilimga ega bo‘lmagan kishilar esa — bunga ishonmoqda”.

“Diniy kurash niqobi ostiga yashiringan ekstremizm, har doim odamlarning diniy chalasavodligiga asoslanib kelgan, — dedi ishonch bilan patriarx Kirill, hozir Yaqin Sharqda dindan aynan shunday “nojo‘ya maqsadda” foydalanish oqibatida qon to‘kilmoqda".  

Vaziyatni o‘zgartirishning yagona yo‘li, maktablarda din asosini o‘qitish. Bolalarni  dinga jalb qilish uchun emas, balki ularga haqiqiy e’tiqod nima ekanigini tushuntirish uchun xolos.

Cherkov rahbari, bunday vaziyatda pravoslav fundamentalizm ham paydo bo‘lishidan ham bezovta bo‘lmoqda. Patriarxning so‘zlariga qaraganda, hozirgi kunda, “endi musulmonlardan o‘zimizni himoya qilishimiz kerak” deydiganlar ham paydo bo‘lmoqda.

“Cherkov va diniy tashkilotlarning asosiy vazifasi — odamlarga shunday tarbiya bersin-ki — ularni hech qachon, hech kim, din va e’tiqodni sabab qilib, og‘ir jinoyatga qo‘l urishga majbur qila olmasin”, — deb so‘zini yakunladi Rossiya pravoslav cherkovi patriarxi Kirill.  

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin dunyoda diniy ekstremizm xavfi kuchayganidan keyin, barcha diniy tashkilot va ularning yetakchi mutaxassislarini yoshlar orasida faol tushuntirish ishlari va ekstremizmni oldini olishgan  qaratilgan tadbirlar o‘tkazishni so‘ragan edi.

Yangiliklar lentasi
0