Dunyoda

Su-24 Turkiya havo chegarasini buzmagan

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Fotobankka oʻtishRossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyoti.
Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyoti. - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya Mudofaa Vazirligida Su-24 samolyoti Turkiya havo chegarasini buzmaganini isbotlovchi dalillar bor. Bu haqda Rossiya Havo kosmik kuchlari bosh qoʻmondoni oʻrinbosari Sergey Dronov maʼlumot berdi.

TOSHKENT, 18 dek — Sputnik. Rossiya Mudofaa Vazirligi Turkiya tomonidan urib tushirilgan Su-24 samolyoti Turkiya havo chegarasini buzmaganligini isbotlovchi dalillarga ega. Bu haqda Rossiya Havo kosmik kuchlari bosh qoʻmondoni oʻrinbosari Sergey Dronov maʼlumot berdi.

 “Ayni paytda biz Rossiya samolyoti Turkiya havo chegarasini buzmagani haqidagi barcha kerakli dalillarga egamiz”, — dedi Dronov Mudofaa vazirligida oʻtkazilgan brifing chogʻida.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Erdoʻgʻon. - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Rossiya munosabatlarni qayta tiklash uchun Turkiyaga uchta shart qoʻydi

24 noyabr kuni Turkiya Harbiy kuchlari Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyotini urib tushirdi. Rossiya prezidenti Putin Su-24 Turkiyaning F-16 samolyoti “havo-havo” raketasi orqali urib tushirilgani va Turkiya chegarasi yaqinnida qulagani haqida xabar qildi.

Rossiya Harbiy Kuchlari Bosh Qoʻmondonlik shtabi Su-24 Turkiya havo chegarasini buzmaganligi takrorladi. Bunga dalil sifatida Suriya Havo Mudofaasi maʼlumotlarini keltirdi. Ammo Turkiya Su-24 mamlakat havo chegarasini buzgan degan fikrini oʻzgartirmadi.

Nohush hodisa natijasida bitta uchuvchi halok boʻldi. Shturman omon qolishga muvaffaq boʻldi. Rossiya Anqaraga yetkazilgan zarar uchun tovon toʻlash va uzr soʻrash talabini qoʻydi. Turkiya esa oʻz harakatiga chegarani himoya qilganini asos qilib koʻrsatib, Rossiya qoʻygan shartlarni bajarishdan bosh tortdi.

Quyida, urib tushirilgan Su-24 samolyotining uchish trayektoriyasini eʼtiboringizga havola qilamiz. Infografika Rossiya Mudofaa vazirligi va Turkiya Qurollangan kuchlari tomonidan ilgari surilgan fikrlar asosida chizilgan.

 

Suriya osmonida urib tushirilgan Su-24 samolyotining uchish trayektoriyasi
Suriya osmonida urib tushirilgan Su-24 samolyotining uchish trayektoriyasi - Sputnik Oʻzbekiston
Suriya osmonida urib tushirilgan Su-24 samolyotining uchish trayektoriyasi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala