O‘zbek aktori Gollivud blokbasterida rol ijro etdi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tish"Zvozdnie Voyni: Probujdenie Sili" filmi premyerasi.
Zvozdnie Voyni: Probujdenie Sili filmi premyerasi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbek aktori “Yulduzlar jangi” kartinasida Yer koinotini kelgindi-bosqinchilardan himoya qiluvchi askar rolini ijro etdi.

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Rashid Shadad taxallusi ostida ijod qiluvchi aktor Abdurashid Shodiyev, dunyo bo‘yicha katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan “Yulduzlar jangi: Kuch uyg‘onishi”("Zvezdnie voyni: Probujdenie sili") kartinasida epizodik rolni ijro etdi, xabar qiladi Uz24.

Rashid — Jakku koinoti aholilaridan biri rolini ijro etdi. U film boshida koinotni kelgindi-bosqinchilardan himoya qiladigan askar obrazida paydo bo‘ladi.

Filming "MISSION IMPOSSIBLE 5" in Blenheim Palace, Oxford, England. Met giants of Hollywood like Tom Cruise, Alec Baldwin. Great experience.

Opublikovano Rashid Shadat 10 yanvarya 2015 g.

Nashrda yozilishicha, kasting va suratga olish ishlari uchun Shada 5 oy vaqt sarflagan. Va kunlarning birida kartina rejissori Jey Jey Abrams undan oldinga chiqib, aktorlarning kadrdagi harakatlarini o‘zaro uyg‘unlashtirib berishni so‘ragan.

O‘zbekistonda “Ilhom” teatri aktori bo‘lgan Rashid Shadad “Missiya Nevipolnima”, “Spektr” singari filmlarda ham epizodik rollarni ijro etgan.

 

Yangiliklar lentasi
0