Madaniyat

Moskva tarixiy yodgorliklarni saqlashda Toshkentga yordam bermoqchi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka oʻtishKreml devori yonidagi Nomaʼlum askar qabri.
Kreml devori yonidagi Nomaʼlum askar qabri. - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonning deyarli har bir shahrida ikki davlatning umumiy oʻtmishiga doir tarixiy yodgorliklar bor. Ularni saqlab qolish uchun Moskva oʻz yordamini taklif qilmoqda.

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Rossiya Oʻzbekistondagi Ikkinchi Jahon urushiga doir tarixiy yodgorliklarni saqlab qolishni rejalashtiryapti. Moskva bu borada Toshkent bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqchi, dedi Rossotrudnichestvo vakili Sputnik muxbiriga.

Respublika hududida, xuddi Rossiyada kabi ikki mamlakatning umumiy tarixiga doir yodgorliklar juda koʻp. Ikkinchi jahon urushi qahramonlari va askarlariga qoʻyilgan haykallar, xotira maydonlari, front jangchilari yodgorligi…

“Xalqlarimiz koʻrsatgan jasorat xotiralardan oʻchib ketmasligi uchun harbiy yodgorliklarni saqlab qolish muammosini koʻtarishga ahd qildik. Bunday muammo haqiqatda Rossiyada kabi Oʻzbekistonda ham boʻlishi mumkin, deydi Rossiya fan va madaniyat markazi vakili.

Muassasa vakilining soʻzlariga qaraganda, yodgorliklarning ayrimlari vaqt oʻtishi bilan oʻz-oʻzidan buzilayotgan boʻlsa, baʼzilarini, afsuski, buzishmoqda.

Ikki tomonlama hamkorlik haqida hujjatlar qabul qilinishi koʻplab tarixiy harbiy yodgorliklarni saqlab qolish, kerak boʻlsa ularni tiklash imkonini beradi, hisoblaydi agentlik vakili.

2016 yilning aprelida Toshkentda ushbu mavzuga bagʻishlangan anjuman boʻlib oʻtishi rejaga kiritilgan.

Rossiya koʻpgina sobiq Ittifoq davlatlari bilan tarixiy yodgorliklarni asrash borasida hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Baʼzilari bilan ikkiyoqlama shartnomalar imzolangan.

Oʻzbekiston hududining deyarli har bir viloyatida Nomaʼlum askar qabri, Xotira maydoni kabi Ikkinchi jahon urushi xotirasiga bagʻishlangan yodgorliklar koʻplab topiladi. 2015 yilning aprelida Qoraqalpogʻistonning Nukus shahrida pravoslavlar qabristonida Oʻzbekistondagi Rossiya elchixonasi tomonidan sobiq Ittifoq qahramoni, Ikkinchi jahon urushida Kursk uchun jang qilgan Sarayev xotirasiga yodgorlik oʻrnatilgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0