Dunyoda

Yilning eng mashhur iboralari

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
2015 yil "janjal va adovatlar" yili boʻldi, Rossiya va Turkiya toʻqnashuvini esa eng xavfli geosiyosiy ziddiyat sifatida qayd etish mumkin, yozadi Amerika gazetasi.

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Amerikaning Washington Post(WP) gazetasi dunyo rahbarlari iboralarini eʼlon qildi. Gazeta xodimlari fikriga koʻra, ushbu iboralar tugab borayotgan yilda roʻy bergan eng shov-shuvli hodisalarni oʻzida toʻliq aks ettiradi.

"Alloh Turkiyani boshqarayotgan rahbarlarni jazolash maqsadida, ularni ong va idrokdan mahrum qilgan koʻrinadi”. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Su-24 mojarosi yuzasidan bildirgan ushbu fikri 2015 yilning eng muhim iborasi sifatida tan olindi.

"Anqara oʻz hatti-harakati bilan oʻtmishda regionda katta nufuzga ega boʻlgan ikki davlat oʻrtasida “soʻz jangi”ni ochib berdi, deb yozadi WP.  

Turkiya prezidenti Erdoʻgʻonning “Men bu kursini boʻshataman” degan gapi ham eng yorqin iboralar qatoridan joy oldi. Erdoʻgʻon Rossiyaning “Turkiya “ID”terrorchilaridan neft sotib oladi” degan aybloviga javoban, agar bu isbotlansa, shu zahotiyoq isteʼfo berishini butun dunyoga maʼlum qilgan edi.

WP fikricha, butun dunyoga oʻz taʼsirini oʻtkazishga harakat qilayotgan “ID” terrorchilariga qarshi kurash yilning eng dolzarb mavzusiga aylandi. Shu asnoda, nashr, prezident Fransua Ollandning “Frantsiya urush yoqasida turibdi” degan iborasini keltirib oʻtadi. Mamlakat yetakchisi bu iborani 130 inson umriga zomin boʻlgan Parijda amalga oshirilgan bir qator teraktlardan soʻng aytgan edi.

Yana bir yirik koʻlamdagi muammo – Yevropadagi migratsiya inqirozi – Germaniya kantslerining “Biz buni uddalaymiz!” iborasida oʻz aksini topdi. Merkelning iloji boricha koʻproq qochoqlarni qabul qilishga qilgan harakati, garchi, nemislar tomonidan iliq qarshi olinmagan boʻlsa-da, ammo, kantsler aynan shu ishi uchun “Yil odami” unvoniga sazovor boʻldi.

Shuningdek, eng yorqin iboralar roʻyxatiga AQSH prezidenti Barak Obama, Suriya rahbari Bashar Asad, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron va boshqa davlat rahbarlari tomonidan aytilgan fikrlar kiritilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0