TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Forbes nashrining ruscha versiyasida Rossiya va MDH mamlakatlaridagi eng yaxshi oromgohlar roʻyxati eʼlon qilindi. Unda Chimyon — Oʻzbekistonning eng yaxshi oromgohi sifatida eʼtirof etilgan.Roʻyxatdan shuningdek, Qirgʻizistondagi Qorakoʻl, Qozogʻistonning Shimbuloq, Ozarbayjonning Shoxdogʻ va Rossiyaning Belokurixa (Oltoy oʻlkasi), Zavyalixa(Chelyabinsk viloyati) va Krasnaya sopka(Kamchatka) togʻ-changʻi oromgohlari oʻrin olgan.
Gazetada yozilishicha, oromgohning ijobiy tomonlaridan biri, mehmonlar Toshkent shahrini ham bemalol aylanib kelishlari mumkin. Chunki Oʻzbekiston poytaxti va oromgoh orasidagi masofa bor-yoʻgʻi 80 kilometrni tashkil qiladi.
Chimyonda togʻ-changʻi mavsumi noyabrdan may oyigacha davom etadi. Chimyonda turistlar, sportchilar va dam oluvchilar dekabr—aprel oylarida qishki sport turlari bilan shugʻullanishadi. Yoz mavsumida esa turli yoʻnalishlarda togʻ boʻylab ekskursiyalar ham uyushtiriladi.