Dunyoda

Qirgʻiziston “Qumtor” konining eng yirik aktsioneri maqomidan chiqib qolishi mumkin

© Sputnik / Vladimir Pirogov / Mediabankka oʻtishQirgʻizistondagi Qumtor oltin koni
Qirgʻizistondagi Qumtor oltin koni - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Centerra Gold Direktorlar kengashi 17 dekabrda qoʻshimcha aktsiyalar emissiya qilganligini eʼlon qildi. Buning Natjasida Qirgʻiziston ulushi kamayib u “Qumtor” oltin konining eng yirik aktsioneri maqomidan chiqib qolishi mumkin.

TOSHKENT, 23 dek – Sputnik.  Kanadaning Centerra Gold qoʻshma korxonasi Qirgʻiziston hukumati bilan “Qumtor” shartnomasini qayta koʻrib chiqish haqidagi muzokaralarda ikkala tarafni ham qoniqtiradigan qaror topilishiga ishonchi yoʻqligini bildirdi, kompaniya chorshanba kuni tarqatgan xabarida.

Qirgʻizistondagi Qumtor oltin koni - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Qumtor - Oʻrta Osiyodagi eng yirik oltin koni

Oldin xabar berganimizdek, sobiq prezidentlar Askar Akayev va Kurmanbek Bakiyev davrida tuzilgan, Qirgʻiziston uchun manfaatsiz boʻlgan shartnomani qayta koʻrib chiqish borasidagi muzokaralar uch yildan ziyod davom etgan boʻlsada, ikkala tarafni ham qoniqtiradigan natijaga erishilmadi. Qirgʻizistonning 33% aktsiyasini Qumtor koning 50% yoki 67% ulushiga almashtirish haqidagi taklifiga Centerra rozi boʻlmadi.

22 dekabr kuni Qirgʻiziston hukumati, Centerra Gold “mutlaq qabul qilib boʻlmaydigan shartlar” qoʻyganligi natijasida Qumtor shartnomasini qayta koʻrib chiqish muzokaralaridan voz kechganini rasman eʼlon qildi.   

“Centerra Gold, Qirgʻiziston Respublikasi rahbariyati bilan  uzoq muddatli ish tajribasiga qaramasdan, ushbu muzokaralar, Kanada va Qirgʻiziston qonunlari talabiga javob beradigan natijaga olib kelishiga kafolat bera olmaydi”, — deyilgan kompaniya press relizida. 

Qirgʻizistondagi Qumtor oltin koni - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qirgʻiziston Qumtor oltin koni muzokaralardan chiqishini maʼlum qildi

Shu bilan bir vaqtda kompaniya, Jokorgu Kengesh (parlament) tomonidan ham “Qumtor” loyihasi doirasida “Qirgʻiziston Respublikasi oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarga zid ravishda biror hatti-harakat amalga oshirilishi mumkinligini” ham mustasno qilishdi.  

Centerra mavjud boʻlgan muammolarni hal qilish uchun Qirgʻiziston bilan konstruktiv va halol hamkorlikni davom ettirishga umid qilayotganini  bildirdi.  “Har qanday muzokaralar barcha aktsionerlar uchun adolatli boʻlgan natijaga olib kelishi kerak. Shartnomaga binoan,  loyiha boʻyicha barcha kelishmovchiliklar xalqaro xolis sud tomonidan koʻrib chiqilishi kerak”, — deb eslatib qoʻyishdi kompaniyada. 

Centerra Direktorlar kengashi 17 dekabrda  qoʻshimcha aktsiyalar chiqarish haqida eʼlon qildi. Bu esa Qirgʻiziston xoxishiga qarshi, chunki bu uning aktsiyadorlik ulushini kamaytiradi va uni “Qumtor” oltin konining eng yirik aktsiyadori maqomidan chiqaradi. 

Qirgʻiziston parlamenti boʻlsa, bir necha yil davom etgan muvaffaqiyatsiz muzokaralardan keyin, oltin konidagi mamlakat ulushini 67 %gacha koʻpaytirishni, aks holda konni milliylashtirishini talab qilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0