Jamiyat

AQSH Oʻzbekistonga 10ta atom bomba tashlashni rejalashtirgan

© Commons.wikimedia / Master Sgt. Lance Cheung (U.S. Air Force)B-52, AQSH oʻta uzoq masofaga uchuvchi ogʻir bombardimonchi samolyoti Afgʻoniston osmonida, 2006 yil
B-52, AQSH oʻta uzoq masofaga uchuvchi ogʻir bombardimonchi samolyoti Afgʻoniston osmonida, 2006 yil - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
1959 yilda yuz berishi kerak boʻlgan uchinchi jahon urushida, AQSH Andijon, Boysun, Chirchiq, Fargʻona, Qarshi, Namangan, Nukus, Samarqand shaharlariga bittadan, Toshkentga esa ikkita atom bombasi tashlashni rejalashtirgan.

TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. Uchinchi jahon urushi boshlanganda, AQSH strategik aviatsiyasining birinchi navbatda yoʻq qilinishi kerak boʻlgan nishonlar roʻyxatiga Oʻzbekistonning Andijon, Boysun, Chirchiq, Fargʻona, Qarshi, Namangan, Nukus, Samarqand va Toshkent shaharlari kiritilgan.

AQSH Milliy Arxivlar boshqarmasi SSSR-AQSH “sovuq urushi” davriga mansub bir qator hujjatlarni maxfiylik maqomidan chiqardi. Buning natijasida keng omma AQShda 1956 yilda tuzilgan “Strategik aviatsiya nishonlari” roʻyxati bilan tanishish  imkoniga  ega boʻldi.

Oʻsha paytlarda sobiq SSSR va AQSH   orasidagi munosobatlar jiddiy keskinlashib, uchinchi jahon yadro urushi boshlanishiga "bir bahya" qolgandi.

1950 yillarda texnik rivojlanish darajasi atom bombasini faqat samolyotlar yordamida tashlash imkonni berar edi. Aynin shu maqsadda AQShda oʻta uzoq masofaga uchuvchi, ogʻir, kontinetlararo, strategik bombardimonchi samolyot — Boing B-52 ishlab chiqarilgan edi. Uning ikkinchi nomi — Stratofortress, yaʼni Stratosfera qalʼasi boʻlib, u AQSH Harbiy Havo kuchlari safida 1955 yildan hozirgi kunga qadar xizmat qilib kelmoqda.

1959 yilga kelib AQSH SSSRdan 10 baravar koʻp yadro quroliga ega boʻlganini hisobga olsak, ushbu urushda AQSH gʻolib chiqishi ehtimoli juda katta boʻlgan.

AQSH Strategik Aviatsiya shtabi Sharqiy Yevropa, SSSR, Xitoy va Shimoliy Koreya hududida, urush boshlangan taqdirda, birinchi navbatda yoʻq qilinishi kerak boʻlgan minglab nishonlar roʻyxatini tuzgan. Ushbu nishonlar 2 toifadan iborat boʻlgan: birinchi — bu aeroportga ega boʻlgan shaharlar, ikkinchi – yirik sanoat markazlari.

Oʻzbekiston hududida birinchi toifadagi shaharlar roʻyxatiga Andijon, Boysun, Chirchiq, Fargʻona, Qarshi, Namangan, Nukus, Samarqand va Toshkent shaharlari kiritilgan.

Hujjatda ushbu shaharlarda yoʻq qilinishi kerak boʻlgan turli xil obʼyektlar kategoriyasi koʻrsatilgan. Infratuzilma va ogʻir sanoat obʼyektlari qatorida, har bir shaharda — “aholi” nishon kategoriyasi ham bor.

Hujjatda aniq nishonlar nomlari yoki koordinatalari keltirilmagan,  lekin ushbu shaharlarga bittadan nishon koʻrsatilgan, Faqakt Toshkentda 2ta nishon koʻrsatilgan.Ikkinchi nishon nomi Tashkent S.E. deb belgilangan, balkim bu Tashkent South East deganidir. South East – Janubi Sharq.

Wikipedia maʼlumotiga qaraganda, 1945 yilda Yaponiyaning Xirosima shahrida 245 ming aholi yashagan. AQSH tashlagan bir dona atom bomba ushbu aholining 165 mingini yoʻq qilgan.   

Vodorod bombasi portlashi. - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Vashington sharqiy Berlinni Xirosimaga aylantirmoqchi boʻlgan

1950 yillarda Oʻzbekistonning Andijon, Boysun, Chirchiq, Fargʻona, Qarshi, Namangan, Nukus, Samarqand  shaharlarning har birida 200 ming yoki undan kamroq aholi yashaganini hisobga olsak, AQSH ushbu shaharlarga bittadan bomba tashlashni rejalashtirgan degan xulosaga kelishimiz mumkin.

Toshkentda 1959 yilda taxminan 950 ming aholi yashagan. Shuning uchun Toshkent uchun ikkita atom bombasi moʻljallangan.

Ushbu hujjatga koʻra Moskva va uning atroflariga 179 bomba, Leningradga 145ta bomba, Berlinga 91 atom bombasi tashlash rejalashtirilgan.

© Commons.wikimedia / Tech. Sgt. Robert J. HorstmanBoeing B-52H AQSH oʻta uzoq masofaga uchuvchi strategik bombardimonchi samolyoti
Boeing B-52H AQSH oʻta uzoq masofaga uchuvchi strategik bombardimonchi samolyoti - Sputnik Oʻzbekiston
Boeing B-52H AQSH oʻta uzoq masofaga uchuvchi strategik bombardimonchi samolyoti
Yangiliklar lentasi
0