TOSHKENT, 25 dek — Sputnik. Turkiya prokuraturasi muholifat nashr — Hurriyet gazetasi bosh muharriri Sodat Erginni besh yilu toʻrt oyga qamashni rejalashtirgan. U Erdoʻgʻonning soʻzlarini notoʻgʻri talqin qilib, prezidentni “qasddan” haqoratlaganlikda ayblanmoqda.
Oʻz yakuniy xulosasida prokuror bu kabi harakatlarga soʻz erkinligi doirasida qarash mumkinmasligini aytib oʻtgan.
Turkiya hukumati bundan oldin ham oʻnlab jurnalistlarni amaldorlarni haqoratlashda va terrorchilikda ayblab, sudga tortgan.