ID jangarilari Turkiyada "o‘qigan"

© YoutubeIShID jangarilar guruhi
IShID jangarilar guruhi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Asirga olingan terrorchi, ID jangarilari Turkiya hududida tayorgarlikdan o‘tganini aytib berdi.

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Asirga olingan terrorchi, ID jangarilari Turkiya hududida tayorgarlikdan o‘tganini aytib berdi.

Yigirma yoshli arab Abdurahmon Abdulhodi qurd askarlari tomonidan 2015-yilning dekabrida, Suriyada qo‘lga olingan edi. Hozir u boshqa asirlar bilan birgalikda YPG deb nomlanuvchi qamoqxonada saqlanmoqda.

Abdulhodining so‘zlariga qaraganda, u ID safiga 2013-yilda qo‘shilgan va Suriya davlati qo‘shinlariga qarshi janglarda qatnashgan. 2014-yil Turkiyaning Adan shahrida tayorgarlikdan o‘tgan. 60 kishidan iborat bo‘lgan guruh haftada bir marta o‘q otish mashg‘uloti o‘tkazilgan. Ularga Kalashnikov avtomati, pulemotlar va boshqa qurollardan foydalanishni o‘rgatishgan.     

“Jangarilar tayorlash Turkiya hududida o‘tkazilardi, chunki ID rahbariyatining fikriga ko‘ra, Turkiya Suriyadan ko‘ra xavfsiz joy bo‘lgan. Suriyada o‘tkazilayotgan bombardimonlar tufayli mashg‘ulot o‘tkazishning iloji yo‘q edi”, — deydi Abdulhodi. 

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, Turkiya hududida, “Ozod Suriya armiyasi”ning bazasi bor. U Suriya bilan Turkiya chegarasi yaqinida joylashgan Xatay shahri hisoblanadi. Jangarining so‘zlariga qaraganda, jurnalistlarga uchun ushbu lager Suriyaning muxolif Ozod Suriya armiyasia tegishli deyishgan.

“OAVda biz haqimizda tez-tez materiallar paydo bo‘lardi va u yerda bizni Oppozitsiya deyishardi. Haqiqatda esa tayorlanayotgan 60 askarning barchasi ID jangarilari”,- dedi u.

ID jangarilari - Sputnik O‘zbekiston
ID asirligidagi o‘zbek bola Twitter orqali yordam so‘radi

O‘qish tugaganidan keyin biz jangarilarni Urfaga jo‘natar edik, u yerdan esa – Rakkaga.  Rakkada jangarilar Suriyaning turli hududlariga tarqatib yuborilar edi. 

Qurol-yaroq gumanitar yordam va oziq-ovqat ko‘rinishida Iroq hududidan, og‘ir aslahalar esa — Ash-Shadididan olib kelinar edi.

Abdulhodi ID safiga qo‘shilganidan pushaymon ekanligini aydi. U ID haqida kitobda o‘qigan ma’lumotlari asosida ularga qo‘shilishga qaror qilgan, lekin haqiqatda esa – butunlay boshqa narsaga duch kelgan.

 

Yangiliklar lentasi
0