Siyosat

Toshkent va Dushanbe doimiy ravishda maslahatlar oʻtkazishga kelishib olishdi

Dushanbeda 24-25 dekabr kuni Oʻzbekiston va Tojikiston TIVlarining birinchi siyosiy maslahatlari boʻlib oʻtdi

TOSHKENT, 25 dek — Sputnik. Dushanbeda Oʻzbekiston va Tojikiston TIVlarining birinchi siyosiy maslahatlari boʻlib oʻtdi,  Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabariga koʻra.

Tomonlar ikki taraflama munosobatlarni rivojlantirish hamda mahalliy va xalqaro siyosat masalalarini muhokama qilishdi. Uchrashuvda ikki mamlakat orasidagi savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikka alohida eʼtibor berildi.

Tomonlar respublikalar orasida tovar va xizmat ayrboshlash ishlarini osonlashtirish va ortiqcha maʼmuriy toʻsiqlarni olib tashlash haqida kelishib oldilar.

Dushanbeda MDH va Shanxay Hamkorlik tashkilotining kelajagi va ushbu tashkilotlar doirasida ikki mamlakatning oʻzaro munosobatlarni belgilashga kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida Toshkent va Dushanbe vakillari turli masalalar boʻyicha, doimiy ravishda, oʻzaro siyosiy maslahatlar oʻtkazib turishga kelishib olishdi.  

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala