Jamiyat

Facebook asoschisi oʻz uyi uchun sunʼiy ong yaratadi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishFacebook asoschisi M.Tsukerberg.
Facebook asoschisi M.Tsukerberg. - Sputnik Oʻzbekiston
Facebook ijtimoiy tarmogʻi asoschisi tez kunda sunʼiy ong ustida ish boshlashini maʼlum qildi.

 

TOSHKENT, 4 yanv — Sputnik. Facebook ijtimoiy tarmogʻi asoschisi Mark Tsukerberg 2016 yilda oʻziga uy ishlarida va ishda yaqindan koʻmak beradigan sunʼiy ong yaratish niyatida ekanini maʼlum qildi.

"2016 yilda uy ishlarida va ishda menga yaqindan yordam beradigan oddiy sunʼiy ong yaratishni oʻz oldimga maqsad qilib qoʻyganman", — deb yozadi Tsukerberg ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida.

Tsukerberg ishni bu borada zamonaviy texnologiyalar erishgan yutuqlarni oʻrganishdan boshlamoqchi.

"Soʻngra unga ovozimni tanishni oʻrgataman. Bu unga uydagi texnikani boshqara olishi uchun kerak boʻladi. Sunʼiy ong uyimga mehmonga kelgan doʻstlarimni yuzlariga qarab tanishni ham oʻrgatmoqchiman", — taʼkidlagan Tsukerberg.

Sunʼiy ongdan Tsukerberg servis va yangi loyihalarni ishlab chiqishda ham foydalanishi kutilmoqda.

Facebook asoschisining tan olishicha, u har yili oʻz oldiga bitta maqsad qoʻyadi. Masalan, oʻtgan yillarda u oyiga ikkitadan kitob oʻqishni, Shimoliy Xitoy tilini oʻrganishni hamda har kuni yangi tanish orttirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. 2016 yilni esa u “sunʼiy yordamchi” ixtirosiga bagʻishlamoqchi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala