Iqtisod

"Oʻzbekneftegaz" geolog razvedkasi uchun yangi qoʻshma korxona tuzadi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Fotobankka oʻtishNeft platformasi
Neft platformasi - Sputnik Oʻzbekiston
Tenderda gʻolib chiqqan chet el korxonasi Urga, Akchalak va Chandir guruhi konlarini qazish bilan shugʻullanadi va Sechankoʻl, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida razvedka ishlari bilan shugʻullanadi.

!-- —>

TOSHKENT, 4 yanv — Sputnik. "zbekneftegaz" milliy xoldingi chet el neft va gaz korxonalari orasida bir qator investitsiya bloklarida  geologiya va razvedka bilan shugʻullanuvchi kompaniya tanloviga tender eʼlon qildi.

Neft va gaz milliy kompaniyasi Sechankoʻl, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida va Urga Akchalak va Chandir konlarini qazish ishlari uchun chet ellik hamkorni yollamoqchi. Loyihani amalga oshirish chet el sarmoyalari ishtiriokida korxona tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Tenderda zamonaviy usulda ishlaydigan neft va gaz korxonalari ishtirok etishi mumkin. Loyihada qatnashishni istagan sarmoyadorlar “Oʻzbekneftegaz”ga rasmiy ariza va oʻz faoliyati haqida maʼlumotnoma yuborishi kerak.  

Ariza yuborgan qatnashchilar bilan maʼlumotni maxfiy tutish haqida shartnoma tuziladi va undan keyin ularga konlar haqida kerakli materiallar tarqatiladi. Ushbu materiallar asosida korxonalar oʻz takliflarini tayorlashi kerak.

Arizalar qabul qilishning oxirgi muddati 2016 yil 8 yanvar Toshkent vaqti bilan soat 17:00.

“Oʻzbekneftegaz” 2020 yil oxirigacha geoloiya va razvedka ishlarini tezlashtirish yoʻli bilan shartli yonilgʻi hajmini 468 million tonnaga yetkizmoqchi. Ulardan 365 milliard kubometri – tabiiy gaz va 31, 7 million tonnasi – suyuq uglerodlar.

Neft va gaz sektorida umummiy hisobda qiymati 18,5 milliard dollar boʻlgan 54 loyihani amalga oshirish nazarda tutilgan. Ulardan 5,1 milliardi – toʻgʻridan toʻgʻri chet el sarmoyalaridir.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala