Iqtisod

Oʻzbekistonda uyali aloqa operatorlari daromadiga qarab soliq toʻlaydi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Fotobankka oʻtishRossiyada iPhone 6 va iPhone 6 plus sotuvga chiqdi
Rossiyada iPhone 6 va iPhone 6 plus sotuvga chiqdi - Sputnik Oʻzbekiston
2016 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekiston uyali aloqa operatorlari oʻz faoliyatidan oladigan daromadga qarab soliq toʻlaydi.

TOSHKENT, 4 yanv — Sputnik. 2016 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekiston uyali aloqa operatorlari oʻz faoliyatidan oladigan daromadga qarab soliq toʻlaydi, deyilgan dushanba kuni eʼlon qilingan prezident Islom Karimovning qarorida.

Hujjatga koʻra, agar uyali aloqa sohasida ishlaydigan korxona rentabelligi 20% ni tashkil qilsa operator odatiy stavka boʻyicha — 7,5 % soliq toʻlaydi. Daromadning 20 % dan oshgan qismidan 50 % soliq olinadi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirligi maʼlumotga qaraganda, Oʻzbekistonda  2015 yilning oxirida uyali aloqa abonentlari bazasi 21,6 millionni tashkil qilar edi. Bu 2014 yilga qaraganda 1,6 millionga koʻp.  

Uyali aloqa minoralari - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston uyali aloqa tarmogʻini rivojlantirishga 400 mln $ sarflaydi

Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston uyali aloqalar bozorida beshta uyali aloqa operatorlari bor: Bilayn,  Yusell, YUMS, Perfektum va Uzmobayl kompaniyalari. Oʻzbekistonda uyali aloqa xizmati asosan GSM standartida koʻrsatiladi. Perfektum va Uzmobayl kompaniyalari CDMA standartlarida xizmat koʻrsatadi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala