Dunyoda

Shimoliy Koreya vodorod bombasini sinovdan oʻtkazdi

© KRT Shimoliy Koreya televideniyesi diktori vodorod bombasi sinovdan oʻtkazilganligi haqida xabar qilmoqda.
Shimoliy Koreya televideniyesi diktori vodorod bombasi sinovdan oʻtkazilganligi haqida xabar qilmoqda. - Sputnik Oʻzbekiston
Bomba Pxungeri poligoni hududida yuz metr chuqurlikda portlatildi. KXDR 2005 yil oʻzini yadro mamlakati deb eʼlon qilgandan beri toʻrtinchi bor sinov oʻtkazdi.

TOSHKENT, 6 yanv — Sputnik. Shimoliy Koreya hukumati vodorod bombasi sinovi muvaffaqiyatli oʻtgani haqida eʼlon qildi. “Vodorod quroli”ga egaligi Shimoliy Koreya uchun muhim tarixiy voqeadir”, RIA Novosti Koreya Xalq Demokratik Respublikasi markaziy efirida uzatilgan xabarlarga asoslangan holda.

"Bugun vodorod qurolining ilk sinovi muvaffaqiyatli oʻtkazildi” eʼlon qildi mamlakat markaziy kanali efiri orqali diktor.

Vodorodli bomba portlashi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Shimoliy Koreya «dushmanlarga» vodorodli bomba bilan poʻpisa qilmoqda

Ushbu xabar eʼlon qilinishi bilan Seul Milliy Xavfsizlik kengashining favqulodda yigʻilishini oʻtkazdi. Bundan sal vaqt oldin OAVlarda Pxungeri poligoni joylashgan tumanda yer osti silkinishlari kuzatilgani haqida xabar qilingan edi. Janubiy Koreya myeteo-xizmati esa bu zilzila “sunʼiy xarakterga” ega deb taʼkidlamoqda. Seysmologlar maʼlumotiga koʻra, zilzila magnitudasi 4,2 ballni tashkil qilgan. Boshqa maʼlumotlarda bu koʻrsatkich 5 balldan oshgani aytilmoqda.

Shimoliy Koreya vodorod bombasini sinovdan oʻtkazishi munosabati bilan Janubiy Koreya mamlakat Qurolli kuchlari jangovor tayyorgarligini kuchaytirdi.

Shimoliy Koreya 2005 yilda oʻzini yadro mamlakati deb eʼlon qilgan edi. Respublikada shundan buyon toʻrt marotaba yadro qurollarini sinovdan oʻtkazdi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala