Dunyoda

Shimoliy Koreya harakati Putinni havotirga solmoqda

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishRossiya Prezidenti Vladimir Putin.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin. - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidenti barcha stantsiyalardan olingan xabarlarni chuqur oʻrganib chiqishga koʻrsatma berdi va agar Shimoliy Koreya vodorod bombasini sinovdan oʻtkazgani tasdiqlansa, ushbu holatni tahlil qilib chiqish buyurildi.

TOSHKENT, 6 yanv — Sputnik.  Shimoliy Koreyaning vodorod bombasini sinovdan oʻtkazganligi haqidagi bayonoti Kreml vakillarini havotir olishga majbur qildi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi, RIA-Novosti xabariga koʻra.

Dunyoda
AQSH Shimoliy Koreya “oʻz qilmishiga yarasha jazo olishini” maʼlum qildi

“Moskva Koreya Xalq Demokratik Respublikasi vodorod bombasini sinovdan oʻtkazganligi haqidagi xabarlardan havotir olmoqda”, — deb taʼkidladi u.

"Prezident Vladimir Putin barcha stantsiyalar, shu jumladan seysmologik stantsiyalar tomonidan taqdim etilayotgan maʼlumotlarni ham chuqur oʻrganib chiqish haqida koʻrsatma berdi. Agar sinov haqidagi maʼlumotlar tasdiqlansa, holatni tahlil qilib chiqish buyurildi”, — taʼkidladi Peskov.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala