AQShda terrorchilarga moddiy yordam bergan o‘zbek 25-yilga qamaldi

© fotoliaQo‘lkishan.
Qo‘lkishan. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarosi Fazliddin Qurbonov 2015-yil avgustda terrorchilarga moddiy ko‘mak berganlikda hamda portlovchi moddalarni saqlaganlikda aybdor, deb topilgan. U belgilangan jazoni o‘tagach, O‘zbekistonga deportatsiya qilinishi ma’lum qilindi.

TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Aydaxo shtati Federal sudi o‘zbekistonlik Fazliddin Qurbonovni terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashda va portlovchi moddalarni saqlashda aybdor, deb topib 25-yil qamoq jazosiga hukm qildi, xabar qiladi AQSh Adliya vazirligi.

"Fazliddin Qurbonov O‘zbekistonda ta’qiqlangan “O‘zbekiston islom harakati” terrorchilik uyushmasiga moddiy yordam berishga harakat qilgan hamda qo‘lbola bomba yordamida jangarilari ko‘magida AQSh hududida teraktlarni amalga oshirmoqchi bo‘lgan”, — ta’kidlaydi AQSh bosh prokurorining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jon Karlin.

Qurbonov “O‘zbekiston islom harakati” vakillari bilan Skayp orqali muloqotga chiqqan kunning o‘zidayoq AQSh Federal Tergov Burosi tomonidan nazoratga olingan. Buro ma’lumotiga ko‘ra, Qurbonov terrorchilar bilan amerikaliklarga nisbatan dushmanchilik kayfiyatida ekanligi, AQSh hududida, jumladan, Aydaxo va Texasdagi harbiy bazalarda portlashlar sodir etish uchun bomba yasamoqchiligini muhokama qilgan.

Qurbonov hibsga olinmasidan oldin uzoq vaqt davomida AQSh Federal Tergov Burosi kuzatuvida bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0