Havo yo‘llari Moskvaga yo‘nalishida maxsus tariflar muddatini uzaytirdi

© Gennady Misko"O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi samolyoti.
O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniyasi samolyoti. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK Moskvaga qatnaydigan reyslar uchun maxsus pasaytirilgan tariflar muddatini uzaytiradi.

TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. “O‘zbekiston Havo yo‘llari” maxsus chegirmali chiptalar sotish va ularning amal qilish muddati uzaytirilganini e’lon qildi.

Yangi shartlarga ko‘ra, Moskva va O‘zbekiston shaharlari orasidagi qatnovlar uchun maxsus, chegirmali chiptalar sotish  muddati 29-fevralgacha va ushbu chiptalar amal qilish muddati 2016-yil 20-mayga qadar uzaytirildi. Oldingi shartlarga ko‘ra, chiptalar sotish muddati 2016-yil 20-yanvargacha va ularning amal qilish muddati 31-martgacha edi.

O‘zbekiston Havo Yo‘llarining Boing 767-300 samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Havo Yo‘llari Toshkent - Moskva chiptalarini 109 Yevrodan sotmoqda

Tariflar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Farg‘ona, Namangan va Andijon shaharlaridan Moskvaga yo‘l olganlar uchun amal qiladi.

Termiz—Moskva yo‘nalishida bir tomonga minimal tarif – 118 yevro, borish-qaytish yo‘nalishida minimal tarif – 246 yevroga teng.

Boshqa shaharlarda bir tomonga minimal tarif – 109 yevro, borish-qaytish yo‘nalishida minimal tarif – 224 yevro.

Reys amalga oshirilgach, chiptalar qaytib olinmaydi. Chipta almashtirilganda, yoki boshqa sanaga ko‘chirilganda 50 yevro miqdorida jarima undiriladi.

Aviachiptalar sotuvi chet el valyutasi – AQSh dollarida amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0