Dunyoda

Janubiy Koreya suvlarida yoʻlovchilar kemasi ulkan kit bilan toʻqnashdi

© Sputnik / Zorin A. / Fotobankka oʻtishKema eng yirik va yuvosh moʻylovli kit bilan toʻqnashib ketgan.
Kema eng yirik va yuvosh moʻylovli kit bilan toʻqnashib ketgan. - Sputnik Oʻzbekiston
Ogʻir va yengil turdagi tan jarohatini olgan yoʻlovchilar zudlik bilan shifoxonaga yotqizildi. Tezyurar "Beetle" kemasi soatiga 55 kilometr tezlikda harakatlangani maʼlum.

TOSHKENT, 8 yanv — Sputnik. Janubiy Koreya qirgʻogʻida soatiga 55 km tezlikda harakatlangan Yaponiyaning yoʻlovchi kemasi oʻziga yaqin masofada suzib borayotgan ulkan kitga toʻqnashib ketgan. Natijada, toʻrt kishi jarohat olgan, RIA Novosti Yaponiya va Janubiy Koreya OAVlari maʼlumotlari asosida.

Yaponiyaning tezyurar "Beetle" kemasi Janubiy Koreyaning Pusan portidan yoʻlga chiqqan. Kema bortida 180 ga yaqin yoʻlovchi boʻlgan.

Toʻqnashuv tufayli yuzaga kelgan silkinish oqibatida yiqilgan yoʻlovchilardan toʻrt nafari jiddiy jarohat olgan. Kemaning oʻziga hech qanday shikast yetmagan boʻlsa-da, ammo u ortga, Pusan portiga qaytgan. Jarohatlanganlar kasalxonaga yotqizilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala