OAV: Turkiya razvedka xizmati Istambuldagi portlash oldidan terakt haqida ikki bor ogohlantirgan

Obuna bo‘lish
Turkiya razvedkasi ma’lumotiga binoan, "Islom“Davlati”ga qarshi tuzilgan koalitsiyada ishtirok etayotgan mamlakatlar fuqarolari terrorchilik hujumi qurbonlariga aylangan.

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik.Turkiya Milliy Razvedka tashkiloti(MIT) Istambul markazida portlash ro‘y berguniga qadar ikki bor: 17-dekabrda va 4-yanvarda barcha politsiya bo‘linmalari va mamlakat xavfsizlik xizmatlarini chet el diplomatlariga, shuningdek, Istambul va Anqaradagi chet el sayyohlariga qarshi terrorchilik aktlari amalga oshirilishi mumkinligi, shunga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida ogohlantirgan, RIA Novosti, Hurriyet nashri asosida. 

Ekstremistlarni ushlash bo‘yicha maxsus operatsiya. - Sputnik O‘zbekiston
Istambulda portlash sodir etgan terrorchining shaxsi aniqlandi

Seshanba kuni ertalab Istambuldagi Sultonahmad maydonida kuchli portlash ro‘y berdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash natijasida 10 kishi halok bo‘lgan, 15 kishi tan jarohati olgan. Qurbonlarning bittasi – Peru, qolgan sakkiz nafari – Germaniya fuqarolari bo‘lishgan. Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on ta’kidiga ko‘ra, portlash suriyalik kamikadze-terrorchi tomonidan amalga oshirilgan. Turkiya Bosh vaziri Ahmad Dovuto‘g‘li esa terrorchi “Islom Davlati” terrorchilik uyushmasining a’zosi bo‘lganini ma’lum qildi. 

Turkiya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, "Islom“Davlati”ga qarshi tuzilgan koalitsiyada ishtirok etayotgan davlatlar fuqarolari terrorchilik hujumi nishoniga aylangan.

Germaniya, Niderlandiya va Fransiya diplomatlari shu kunlarda Turkiya razvedka xizmati tomonidan yaqin kelajakda sodir etilishi mumkin bo‘lgan yangi teraktlar haqida ogohlantirish olgan. Razvedka xodimlari diplomatlarga 13 nafar kamikadze-terrorchining ismini oshkor qilishgan.

Shu kunlarda Turkiyada chet elliklarga qarshi hujumlar uyushtirmoqchi bo‘lgan to‘qqiz nafar ayol va o‘n nafar erkak qidirilmoqda. Ularning aksariyati Suriya fuqarosi ekanligi ma’lum.

 

Yangiliklar lentasi
0