Bavariyalik siyosatchi 1800 nafar qochqinni qabul qilib, qolganlarini Merkelning oldiga yubordi

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishGermaniya kansleri Angela Merkel.
Germaniya kansleri Angela Merkel. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bavariyaning Landsxut okrugi landrati a’zosi agar Germaniya million nafar qochoqlarni qabul qila olsa, uning okrugi 1800 nafar muhojirni qabul qila olishini ta’kidladi. Qolganlarni u to‘g‘ri Germaniya kansleri oldiga yuborish niyatida. Qochoqlar ortilgan birinchi avtobus allaqachon Berlin tomon yo‘l olgan.

TOShKENT, 14 yanv  — Sputnik, Angelina Timofeyeva. Landsxut okrugining bavariya landrati a’zosi Peter Drayer kecha Suriyadan kelgan 31 nafar muhojir-qochoqlarni Berlinga, Merkelning mahkamasiga yubordi. Siyosatchi o‘zining bu harakati bilan Germaniya kanslerining “qochoqlarga nisbatan qo‘llayotgan “ochiq eshiklar” siyosati”ga qarshi o‘z noroziligini bildirmoqda, RIA Novosti Germaniyaning N24 telekanali xabariga ko‘ra.

Bundan sal oldin Drayer "agar Germaniya million nafar qochqinlarni qabul qilayotgan bo‘lsa, mening okrugim 1800 nafar muhojirnigina qabul qila oladi" degan edi. Qolganlarni u avtobusga to‘g‘ri Merkelning oldiga yubormoqchi. “Aks holda, okrug ichki tartibi xavf ostida qolishi mumkin” deb izoh berdi u o‘z harakatiga. Ayni vaqtda bir avtobus muhojirlar Berlinga tomon yo‘l olishgan.

“Drayer okrugda ro‘y berayotgan voqealarga jamoatchilik e’tiborini qaratmoqchi. U bu bilan toki ro‘y bergan inqiroz ta’sirini Merkelning o‘zi his qilmas ekan, hech narsa o‘zgarmasligi amalda ko‘sartib bermoqchi”, — deb yozadi Die Welt nashri, siyosatchiga yaqin manbadan olingan ma’lumotlarga asoslangan holda.

Germaniya kansleri Angela Merkel. - Sputnik O‘zbekiston
FT: Germaniya “Koln voqealari” uchun Angela Merkelni kechirmaydi

Germaniya hukumati matbuot-xizmati ayni vaqtda ushbu hodisa yuzasidan ma’lumotlar to‘planayotgani haqida xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2015-yilda Germaniya 1,1 millionga yaqin qochoqlarni qabul qilgan edi.

Yangi yil oqshomi kuni Koln shahrida yashovchi odamlar va kelnlik xotin-qizlarga muhojir va qochqinlar tomonidan ommaviy hujumlar uyushtirilgan. Politsiyachilar xabariga ko‘ra, shu paytgacha huquqni muhofaza qilish organlariga shahvoniy zo‘ravonlik qurbonlariga aylangan 600 nafar nemis xotin-qizlaridan arizalar kelib tushgan.

Ushbu voqealardan keyin butun Germaniya bo‘ylab musulmon davlatlaridan kelgan kishilarga hujumlar uyushtirilishi holatlari qayd etilgan. Germaniya fuqarolari, shuningdek, ommaviy norozilik namoyishlari bilan chiqishlar qildi. Yuqoridagi kabi jinoyatlar Germaniyaning Gamburg, Shtatgar, Berlin singari shaharlarida ham ro‘y bergani xabar qilinmoqda.

Yanvar oyida o‘tkazilgan so‘rovnomalar xulosasiga ko‘ra, ayni vaqtda Germaniya aholisining 60% qochoqlarning yangi oqimini qabul qilishga qarshi fikr bildirishgan.

 

Yangiliklar lentasi
0