Iqtisod

Rossiya hukumati 2016 yilda iqtisodi oʻsishi oʻrniga tanazzul bashorat qilmoqda

Rossiya YAIMi 0,7% oʻsish oʻrniga 0,8 %ga kamayadi, aholi daromadi 4% ga kamayadi.

TOSHKENT, 15 yanv — Sputnik. Iqtisodiyot rivojlanishi vazirligi oldin eʼlon qilingan 2016 yil iqtisodiy rivojlanish bashoratini oʻzgartirdi. Yangi bashoratga koʻra Rossiya YAIMi kutilgan 0,7 % oʻsish oʻrniga 0,8 %ga kamayadi. Dollarnin oʻrtacha narxi 68,2 rublni tashkil qildi, Urals markali neftning oʻrtacha narxi – 40 $, inflyatsiya darajasi 8,5 % ni tashkil ыilishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda RIA Novosti  “Vedomosti” gazetasiga asosan.   

Hujjat maʼlumotlariga qaraganda, Rossiyaliklar kabagʻallashishda davom etadi, oyliklar 3,5 % ga kamayadi, ishsizlik 6,3 %ni tashkil qiladi. Ishlab chiqarish kutilgan 0,6 %ga oʻsish oʻrniga 0,4 %ga kamayadi.

Yangi iqtisodiy bashoratga koʻra bu yil Rossiyadan investitsiyalar chiqib ketish hajmi 50 mlrd. Dollarni tashkil qiladi.

Rossiya hukumati 2016 yil davlat byudjetiga 533 mln tonna neft qazib olish rejalashtirilgan. Oldingi hisob kitob boʻyicha Rossiya byudjetida neftning narxi 50 $ boʻlishi koʻzda tutilgan, lekin dunyo bozorida hozir neft narxi 31 $ atrofida.

Rossiya moliya vaziri ushbu vaziyatni hisobga olib, davlat byudjetini neftning narxini 40 $dan  hisoblab qayta koʻrib chiqishga va neft narxi 30 $gacha tushib ketishi mumkinligini haqida ogʻohlantirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala