TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. O‘zbekiston 2020-yilga qadar paxta xom ashysi yetishtirish hajmini 3,35 mln tonnadan 3 mln tonnagacha kamaytiradi, prezident Islom Karimov so‘zlariga asosan.
O‘zbekiston eksportining asosiy qismlaridan biri bo‘lgan tovar – paxta yetishtirishni kamaytirish haqidagi qaror qabul qilinishi, oxirgi yillarda dunyo bozorida paxtaning narxi tushib ketishi bilan bog‘liq.
Undan tashqari, O‘zbekistonda yil sayin murakkablashib borayotgan kishloq xo‘jaligini suv bilan ta’minlash muammosi ham bu yerda o‘z rolini o‘ynadi. Qo‘shni Tojikiston va Qirg‘izistonda Amudaryo va Sirdaryoning yuqori oqimarida GESlar qurilishi munosobati bilan O‘zbekistonga yetib kelayotgan suv hajmi tobora kamayib bormoqda. Bu O‘rta Osiyoning jidday muammolaridan biriga aylangan.
Shunday bo‘lsada, yetishtirilayotgan paxta hajmi respublikadagi paxtasanoati korxonalarini to‘liq ta’minlab, dunyo paxta bozorida o‘z o‘rnini yo‘qotmaslikni ta’minlaydi.
“Ishlab chiqarilayotgan paxta hajmini 350 ming tonnaga kamaytirish natijasida 170,5 ming gektar maydon boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari ekish uchun ozod qilinadi. Odatda, bu kam samarali, tuzlangan yoki tog‘ hududlaridagi yerlar bo‘lib, u maydonlarda paxta unumdorligi gektariga 12-15 sentnerdan oshmaydi. Mamlakatda o‘rtacha paxta unumdorligi 26,1 sentner”, — dedi davlat rahbari.
Ba’zi ekspertlar bu vaziyatni oxirgi vaqtlarda ortib borayotgan sabzavot va poliz mahsulotlari eksporti bilan ham bog‘lashmoqda. 2015-yilning 9 oyida O‘zbekistondan Rossiyaga sabzavotlar va poliz mahsulotlari eksporti 78,4% o‘sdi.
O‘zbekiston va Rossiya qishloq xo‘jalik munosobatlari rivojlanib bormoqda. Yaqinda ikki mamlakatning agar sohadagi munosobatlari samaradorligini oshirish maqsadida ishchi guruh tashkil qilishdi.
Paxtadan ozod bo‘lgan maydonlarda, Islom Karimovning so‘zlariga qaraganda, birinchi navbatda sabzavotlar, kartoshka, yem mahsulotlari, yog‘ beradigan mahsulotlar va bog‘lar yaratiladi.
Davlat rahbarining so‘zlariga qaraganda, yaqin yillar ichida O‘zbekistondan meva va sabzavotlar eksporti sezilarli darajada oshishi kutilmoqda.